Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


V. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI


Download 278 Kb.
bet20/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

V. TANISHUV AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI


Amaliyot joyidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari
Talabalar amaliyot o‘tashi uchun korxona (tashkilot)larining tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan bir kun ichida amaliyot grafigini (mazkur dastur va amaliyot kundaligi asosida) tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Amaliyot joyidagi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot rahbari talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan (bo`limdan) ikkinchi ish joyiga (bo`limga) joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga korxona (tashkilot) tomonidan buyruq asosida tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.
Korxona (tashkilot) tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda, talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, amaliyot rahbari talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligiga yozib beradi, shuningdek, amaliyot yakuni baholanib, amaliyot o‘taganligi bo‘yicha tavsifnoma beradi.


OTM tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari
OTMdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash tartibini tushuntirish;

  • amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;

  • amaliyot dasturining to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

  • kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat qilib borish;

  • kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish;

  • amaliyot so‘ngida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.




Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling