Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi


Download 278 Kb.
bet11/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi
Xo‘jalik subyekti kapitali, uning tarkibi (ustav, qo‘shilgan, rezerv). Kapitalning korxonada tutgan o‘rni va vazifalari, ularni tashkil qilish manbalari. Kapitalning harakatini hisobga olish tartibi, rezerv fondini tashkil qilish va undan foydalanish hisobi.
Moliyaviy natajalarni aniqlash hisobi, asosiy, moliyaviy va umumxo‘jalik faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar hisobi. Soliq to‘langunga qadar foydani aniqlash hamda sof foydani aniqlash va taqsimlash hisobini o‘rganish, shu bilan bir qatorda ushbu mavzu bo‘yicha kerakli hujjatlarni hisobotga ilova qilish kerak.


Moliyaviy hisobot
O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning to‘ldirilishi to‘g‘risida hisob siyosati, moliyaviy hisobotning vazifasi, uning tarkibi va tuzilishi, moliyaviy hisobotning davri hamda ularni tashqi fodalanuvchilarga taqdim etish tartibi bilan tanishishlari lozim.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi hisobot shakllari ilova qilinadi:
- “Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
- “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”(2-shakl);
- “Pul oqimi to‘g‘risida hisobot”(4-shakl);
- “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”(5-shakl);
- Ilova va tushuntirishlar.


Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida korxonalarning moliyaviy holatini o‘rganish tahlilning muhim va zaruriy yo‘nalishi hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holatini o‘rganishda buxgalteriya balansi asosiy ma’lumot manbasi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu mavzu yuzasidan talaba korxonaning buxgalteriya balansi asosida mol-mulk va manbalarni tarkibi, tuzilishi, dinamikasi bilan tanishib chiqadi, balans moddalaridagi o‘zgarish sabablarini aniqlaydi. Korxona balansi aktividagi uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlarni tutgan ulushini, ularni yil boshiga nisbatan o‘zgarishi, o‘sish sur’atlari aniqlanadi. Joriy aktivlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar bo‘yicha xulosalar beriladi.
Mazkur mavzu yuzasidan talabalar yana quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi: korxona mol-mulkining tashkil topish manbalarini tahlil qilish. Korxonaning o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larini mavjud summasini hisoblab topish va ularni o‘zgarish sabablarini aniqlash. Korxonaning o‘z aylanma mablag‘larini holatini tahlil etish. Korxonaning Tanishuv potensialini yil boshiga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilish. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida balans likvidliligini tahlil qilish. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etish. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularni yil boshiga nisbatan o‘zgarishiga baho berish. Joriy mablag‘lar aylanishini tahlil etish. Joriy mablag‘larning ayrim elementlari bo‘yicha aylanishini aniqlash va ularni tezlashtirish chora-tadbirlarini belgilash. Korxona moliyaviy holatini yakuni bo‘yicha umumiy xulosa qilish.
Tanishuv amaliyot davrida talabalar mazkur mavzu bo‘yicha yuqoridagi savollarni o‘rganishlari bilan bir qatorda, har bir ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining ixtisosligidan kelib chiqib quyidagi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi.
Talabalar mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratishlari tavsiya etiladi:
• Firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga to‘liq va keng ravishda baho berishga;
• Firma va kompaniyalarning mavjud moliyaviy resurslardan qanday darajada samarali foydalanayotganligiga baho berishga;
• Firma va kompaniyalarning ma’lum bir faoliyat yo‘nalishlarini moliyalashtirish manbalarini o‘rganishga;
• Moliyaviy koeffisientlarni tahlil etishga;
• Korxonaning umumiy moliyaviy holatiga;
• Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishga;
• Korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil etishga;
• Korxona balansi likvidliligini tahlil etishga;
• Korxonaning joriy mablag‘larini aylanish tezligini o‘rganishga.
1. Yalpi foyda hamda asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydaning o‘zgarishi va unga ta’sir etgan omillarni hisoblash.
2. Umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan moliyaviy natijalarni tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilish.
3. Davr xarajatlarini tarkibi, dinamikasini tahlil etish, uning tarkibidagi oqlanmagan ortiqcha xarajat va unumsiz xarajatlar summasini hisoblash.
4. Foydani ishlatilishini tahlil qilish. Korxona rentabellik ko‘rsatkichlarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni hisoblab topish:
5. Tanishuv rentabellik darajasiga omillar ta’sirini hisoblash zarur:



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling