Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish


Download 278 Kb.
bet10/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Mazkur mavzu asosida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:
- xarajatlar haqida tushuncha, ularni turli xil belgilarga ko‘ra turkumlanishi;
- Tanishuv xarajatlarini hisobga olishda texnologiyaning ta’siri;
-Tanishuv xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish, servis xarajatlarini taqsimlash;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarni umumlashtirish va ularni taqsimlashni o‘rganish;
- mahsulot tannarxining tarkibi va turlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning ahamiyati;
- kalkulyatsiyaning tamoyillari, obyekti va usullari, jarayonli, bo‘linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari, to‘liq tannarx va Tanishuv tannarxini hisoblash;
- haqiqiy va normativ usullar bo‘yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash hamda «Standartkost» va «Direkt kosting» usullari bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni o‘rganish.


Tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning sotilishini hisobga olish
Talabalar buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rganishlari lozim:
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va ularni hisobga olish hamda tayyor maxsulotlarning omborlarda saqlanish joylari turlaribo‘yicha hisobga olish;
tayyor mahsulotlarni joriy hisobda va sintetik hisobda baholash;
iste’molchilargaberilgan, jo‘natilgan mahsulotlarni hisobga olish va jo‘natilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxini baholash.
mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sotilishi hiobini;
mahsulotni chetga sotishning shartlari,sotilgan maxsulotlarning qiymatini, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish hamda muomala xarajatlari va savdo daromadlarini hisobga olishning xususiyatlari;
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha shartnoma;
ishonchnoma;
tayyor mahsulotni ombordan yuklab jo‘natish bo‘yicha buyruq;
tayyor mahsulotni ombordan berish bo‘yicha yukxat;
berilgan ishonchnomalar hisobi jurnali;
omborda tayyor mahsulotlar hisobi;
qaydnomalar;
sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘ldirilib, har bir boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlaridan foydalanib, buxgalteriya ikkiyoqlama yozuvlarini, ularning mazmuni to‘liq ko‘rsatiladi. Agarda boshlang‘ich hujjatlarning ayrim rekvizitlari to‘ldirilmagan bo‘lsa ularning sabablari ko‘rsatiladi.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling