Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Download 278 Kb.
bet8/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Mehnat va ish haqi hisobi
Xodimlar bo‘limida: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xodimlari tarkibi, ularni ishga qabul qilish, bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish hamda ishdan bo‘shatish jarayonini hujjatlashtirish, ishchi va xizmatchilarga mehnat ta’tili berish tartibi bilan tanishishi lozim.
Tabelni yuritish bo‘limida: mehnat vaqtini tabelda hisobga olish, ishyuritish tartibi, xodimlarning ishga kelishi, ketishi va mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish tizimini o‘rganish.
Mehnat haqini hisoblash va xodimlar bilan hisoblashish bo‘limida: qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlari, Tanishuv me’yorlari, vaqt me’yorlari, yagona tarif setkasi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning ish haqi fondi, foydasi (daromadi) hisobidan to‘lanadigan harakatdagi mukofotlash tizimi bilan tanishish.
Talabalar buxgalteriyada va hisoblash markazida quyidagilarni o‘rganishlari lozim:
- Ishchilarga ishlab chiqargan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun haq, qo‘shimcha haqlar, bo‘shqolgan vaqt, smenadan ortiqcha ishlashni hisobga olish yuzasidan rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlarni qabul qilish, guruhlash va qayta ishlash tartibini;
Mehnat ta’tili, jamoat ishlarini bajargan va boshqa ishlanmagan kunlar hamda soatlar uchun haq hisoblashni;
Ishchi va xizmatchilarga berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda mehnat haqidan ushlab qolinadigan turli ushlab qolishlar tarkibini hisob-kitob qilish tartibini hujjatlashtirishni;
Hisoblashish-to‘lov qaydnomalari, xodimlarning hisob-kitoblari bo‘yicha shaxsiy schyotlarini tuzish va ulardan foydalanishni.
Mehnatga haq to‘lash tizimi hamda deponentdagi mehnat haqini hisobga olish, mehnat haqining sintetik va analitik hisobi, mehnat haqi yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar tartibini o‘rganish.
Talabalar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi nafaqasi, bola tug‘ish va boshqalar bo‘yicha nafaqalar berish yuzasidan hisob-kitoblar tartibini, sanatoriya kurortlarga davolanish uchun bolalarga yo‘llanmalar berilishi va ularning hisobini yuritish tartibi bilan tashishlari lozim.
Mehnat haqidan soliqlar, ushlanmalar va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanganligini o‘rganish. Dastlabki hujjatlar asosida ish haqi va turli mukofotlar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘ri to‘langanligini o‘rganish.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi boshlang‘ich hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi va buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlari o‘rganiladi.
Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza;
Ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq;
Shaxsiy varaqa;
Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq;
Ish vaqtidan foydalanish hisobi tabeli;
Tanishuv hisobi vedomosti;
Sifatsiz mahsulot to‘g‘risida dalolatnoma;
hisoblashish – to‘lash vedomosti;
hisob vedomostlari;
to‘lov vedomostlari;
Mazkur korxonada kasallik varaqasiga muvofiq nafaqa hisoblashdan misol keltiring; ishchiga, muhandisga, hisob xodimlariga ta’til pulini hisoblang;
Buxgalteriyada 2-3 xodimlarga mehnat haqi hisoblash va undan soliq hamda boshqa ushlanmalarni hisoblash, mehnat ta’tili vaqtiga va jamoat ishlarini bajargan vaqtiga ish haqi hisoblash, bunda o‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘lga tegadigan mablag‘summasini 4-5 holatlarda hisoblab ko‘rishlari lozim.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling