Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Moliya kafedrasi mudiri:____________________ Gadoyev S.J


Download 278 Kb.
bet2/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Moliya kafedrasi mudiri:____________________ Gadoyev S.J.
Mazkur amaliyot dasturi Iqtisodiyot va turizm fakulteti Kengashining 2022 yil
27-avgustdagi 1-sonli yigʻilishida muhokama qilingan va universitet oʻquv-uslubiy Kengashiga ko’rib chiqish uchun tavsiya qilingan.
Fakultet Kengashi raisi:_____________________ Absamatov A.E.
Mazkur amaliyot dasturi universitet oʻquv-uslubiy Kengashining 2022 yil 28 avgustdagi 1- sonli yigʻilishida ko’rib chiqilib tasdiqlangan.

Oʻquv-metodik boshqarma boshligʻi:_________________Ibragimov A.J.

KIRISH
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu bois fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka va ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda Tanishuv amaliyoti muhim ahamiyatga ega.
Ushbu dastur 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalarining Tanishuv amaliyotini to‘g’ri tashkil qilish, bo‘lajak mutaxassislarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimida samarali faoliyat yuritishlari uchun uslubiy ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, 230000 - Iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Dasturda Tanishuv amaliyotining maqsadi, amaliyotni o‘tashga oid umumiy qoidalar, uni samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda majburiyatlari, amaliyot o‘tash natijalarini va hisobotni rasmiylashtirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling