Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 278 Kb.
bet3/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

I. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI
VA VAZIFALARI

Tanishuv amaliyotining maqsadi 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalarining “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil”, “Pul va banklar”, va “Moliya” fanlari bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy layoqat va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
60410100 - “Buxgalteriya hisobi va audit”ta’lim yo‘nalishining malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejasiga muvofiq Tanishuv amaliyoti 2-kursda 6 hafta mobaynida o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu muddat ichida talabalar Tanishuv amaliyotini viloyat va shahar (tuman)larning turli ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy sektor tashkilot (korxona)larida o‘tashlari mumkin.
Tanishuv amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.


II. TANISHUV AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI
Tanishuv amaliyotining dastlabki kuni talabaga amaliyot joyidan buyruq asosida rahbar biriktiriladi. Biriktirilgan rahbar talabalarga ichki intizom to‘g’risida qisqacha ma’lumot beradi.
Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
1-jadval
III. TANISHUV AMALIYOTINING YO’NALISHLAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Xo’jalik yurutuvchu subyektlarda amaliyotni o’tash bo’yicha dastur






Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling