Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari


Download 278 Kb.
bet6/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari
Hisob registrlari va shakllari va ularning buxgalteriya hisobidagi roli. Buxgalteriya hisobining mohiyati va shakllari. Buxgalteriya hisobining jurnal-order, memorial-order, Bosh jurnal shakllari. Buxgalteriya hisobi informatsion texnologiyalariga asoslanganligi va soddalashtirilgan shakllari hamda ularning yuritilishi.
Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobga olish tartibi bilan tanishish; hisob-kitob schyotining bank bo‘limida ochilganligini aniqlash; hisob- kitob schyotidan ko‘chirmaning bir necha kunligini ko‘rish mustaqil 1 nusxadan to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, hisoblishish cheki va boshqa hujjatlarni to‘ldirish. Chek daftarchalarini olish, saqlash va undan foydalanish bilan tanishish; hisob – kitob schyotidan naqd pul olish uchun cheklarni bankka taqdim etish va yozish tartibi bilan tanishish. Hisob – kitob schyoti bo‘yicha ma’lumotlarni jurnal order va qaydnomaga yozilishi o‘rganiladi.
Kassa muomalalarini hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobga olish tartibi bilan tanishish; kassa operatsiyalari yuzasidan jurnal-order va qaydnomalarini to‘ldirish tartibi bilan tanishish. Mustaqil ravishda 2 tadan kassa kirim va chiqim orderlarini yozish, 1-3 kunlik kassa hisobotini tuzish, uni qayta ishlab, so‘ngra malumotlarni jurnal-order va qaydnomaga yozish.
Banklardagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘lar (akkreditivlar, chek daftarchalari va hokazo) harakati hisobini yuritish tartibini o‘rganish; kassadagi pul o‘tkazmalarining hisobi bilan tanishish.
Korxona kassasidagi milliy (5010), xorijiy valyutadagi (5020) naqd pulmablag‘lari; bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta (5200) schyotlari; Boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo‘ldagi pul (o‘tkazmalari) mablag‘lari (5710) schyotlariga oid dastlabki hujjatlarni tekshirish. Moliyaviy hisobotning «Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligini o‘rganish. Bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyotining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqliligini o‘rganish. Pul mablag‘larining saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligini, ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi o‘rganish.
Inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig‘ini o‘rganish. Kassa muomalalarini hisobga olish.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling