“buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-90K-2/22 guruhi talabasi bahronov javohir anvarjon o’G’lining


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1400392
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GAZNACHILIK Аmaliy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-90K-2/22 GURUHI 
TALABASI 
BAHRONOV JAVOHIR ANVARJON O’G’LINING 
“G’AZNACHILIK” fanidan
G’AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA’MINLASH 
mavzusida tayyorlagan 
 
MUSTAQIL ISHI 
O’qituvchi: 
Abdurasulov M.B.
 
 
 
Toshkent-2023 


G’AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA’MINLASH 
Reja 
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
2. Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.
3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon 
muammolari.
4. Davlat qarzlarini boshqarishda g’aznachilik xizmatining ahamiyati va 
vazifalari.
5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida davlat 
kafolatlarini boshqarilishi.
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Davlat budjetini
shakllantirishda uning xarajatlar va daromadlar qismini belgilash muhimdir. Chunki
budjetning daromadlari va xarajatlari o’zaro bir-birini taqozo etadi, uni to’liq hisobga 
olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning uchun budjet takchilligini
samarali boshqarish va davlat karzlariga xizmat kursatish xarajatlarini kamaytirish 
yo’llarini izlash kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 
islohotlarning ikkinchi bosqichidayoq budjet siyosatining eng muhim vazifasi budjet 
taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davlat karzlarini 
boshkarish vazifalarini hal etish zarurligini ta’kidladilar. Har qanday davlatning
moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat budjetini shakllantirish, uning ijro etilishini
ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimlarini samarali ishlatish, 
pul muomalasi barqarorligiga erishish, budjet taqchilligini karzlarsiz boshqarish kabi 
soxalarni qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasida Davlat budjeti taqchilligi
sohasidagi ustuvor yo’nalishlarning axamiyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. 
Karimov ko’rsatib berdilar. Bozorga o’tish sharoitida budjet davlat iktisodiy 
siyosatining goyat muxim vositasi bulib bormokda. Davlat budjetidagi takchillikni eng 
oz darajaga tushirish bosh vazifa bo’lib qolmokda. Shu o’rinda “..O’zbekistonda 
moliya-budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari 
va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada 
mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash 
joiz. Mamlakatga iktisodiyotni rivojlantirish uchun markazlashgan pul mablaglarining 
jamgarmasi kerak. Bunday jamgarma budjet deb ataladi. Davlat o’z xarajatlarini 
soliqlar va soliqsiz daromadlar yordamida moliyalashtiradi, ammo budjetda taqchillik 
mavjud bo’lganda, hukumat qarzlar olishga ham majbur bo’ladi. Budjet takchilligi 
paydo bulishining asosiy sabablaridan biri davlat karzi muammosidir. Davlat karzi - 
davlat paydo bulgandan beri shakllangan budjet takchilligini koplanmagan kismidir. 


Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish mexnizmi uchta yirik guruhga 
bo’linadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali va qarzli moliyalashtirish 
usuli bilan birga, yana bir noinflyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali 
taqchillikning ma’lum qismi moliyalashtiriladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling