G’AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA’MINLASH
Reja
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
2. Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.
3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon
muammolari.
4. Davlat qarzlarini boshqarishda g’aznachilik xizmatining ahamiyati va
vazifalari.
5.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida davlat
kafolatlarini boshqarilishi.
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Davlat budjetini
shakllantirishda uning xarajatlar va daromadlar qismini belgilash muhimdir. Chunki
budjetning daromadlari va xarajatlari o’zaro bir-birini taqozo etadi, uni to’liq hisobga
olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning
uchun budjet takchilligini
samarali boshqarish va davlat karzlariga xizmat kursatish xarajatlarini kamaytirish
yo’llarini izlash kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
islohotlarning ikkinchi bosqichidayoq budjet siyosatining eng muhim vazifasi
budjet
taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davlat karzlarini
boshkarish vazifalarini hal etish zarurligini ta’kidladilar. Har qanday davlatning
moliyaviy
faoliyati, eng avvalo, davlat budjetini shakllantirish,
uning ijro etilishini
ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimlarini samarali ishlatish,
pul muomalasi
barqarorligiga erishish, budjet taqchilligini karzlarsiz boshqarish kabi
soxalarni qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasida Davlat budjeti taqchilligi
sohasidagi ustuvor yo’nalishlarning axamiyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.
Karimov ko’rsatib berdilar. Bozorga o’tish sharoitida budjet davlat iktisodiy
siyosatining goyat muxim vositasi bulib bormokda. Davlat budjetidagi takchillikni eng
oz darajaga tushirish bosh vazifa bo’lib qolmokda. Shu o’rinda “..O’zbekistonda
moliya-budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari
va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada
mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash
joiz. Mamlakatga iktisodiyotni rivojlantirish uchun markazlashgan pul mablaglarining
jamgarmasi kerak. Bunday jamgarma budjet deb ataladi. Davlat o’z
xarajatlarini
soliqlar va soliqsiz daromadlar yordamida moliyalashtiradi, ammo budjetda taqchillik
mavjud bo’lganda, hukumat qarzlar olishga ham majbur bo’ladi. Budjet takchilligi
paydo bulishining asosiy sabablaridan biri davlat karzi muammosidir. Davlat karzi -
davlat paydo bulgandan beri shakllangan budjet takchilligini koplanmagan kismidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish mexnizmi uchta yirik guruhga
bo’linadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali
va qarzli moliyalashtirish
usuli bilan birga, yana bir noinflyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali
taqchillikning ma’lum qismi moliyalashtiriladi.