“buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-90K-2/22 guruhi talabasi bahronov javohir anvarjon o’G’lining


Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1400392
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GAZNACHILIK Аmaliy

2.Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.
 
Davlat budjeti mablaglarining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga 
oshirish;Davlat budjeti mablaglarini boshkarish, yagona G’azna xisobvarag’ini va 
xududiy gazna xisobvaraklarini yuritish;budjet mablaglari oluvchining tovar etkazib 
beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, 
shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablaglari xisobidan kapital kurilish 
uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro’yxatdan o’tkazish;Davlat budjetida kaysi 
yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablaglar nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha yuridik 
yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigiga binoan to’lovlarni amalga 
oshirish;Davlat budjeti gazna ijrosining buxgalteriya xisobini yuritish;Davlat 
budjetining ijrosi to’grisidagi axborotni yigish, kayta ishlash, taxlil kilish va xisobotni 
tuzish;O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashki karzlariga xizmat 
ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish. Davlatning ichki 
qarzlarning haddan tashqari ortishi kelgusida tashqi qarzlarning ham ortishiga olib 
keladi. Qarzlarni investorlarning turli guruhlari o’rtasida joylashtirib, davlat pul
muomalasini tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 
dekabrdagi 1245-son «O’zbekiston Respublikasi 2010 yilgi Davlat budjetining 
parametrlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, Davlat budjetining taqchilligi YaIMga 
nisbatan 1,0 foiz qilib belgilandi. Qarorda ko’rsatilishicha, Davlat budjetining 
taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablaglarining 2010 yil boshidagi
bush qoldiqlari va boshka kadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshirildi.
Mamlakatning moliyaviy xavfsizligi – davlatning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib,
moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdan iborat. Bu aniq chegaralarda bozor 
institutlari va budjet tashkilotlarining faoliyatini iqtisodiy shart-sharoitlarda 
kafolatlaydigan moliya-bank tizimi holati bilan xarakterlanadi. 
O’zbekiston Respublikasida «Oxirgi yillarda va o’tgan yili mamlakatimiz 
iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta 
jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya 
tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasining 
keyingi baholash missiyasi bayonotida bunday deyildi: “O’zbekiston jadal o’sishga 
erishdi 
va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda 
O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy 
Osiyodagi 
o’rtacha 
o’sish 
ko’rsatkichidan 
yuqoridir. 
Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining 
yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya 


bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondoshish mamlakatni global 
inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi.
Shuningdek, daromadlarni o’z vaqtida tushirish budjetning g’azna ijrosida muxim 
boskichlar xisoblanadi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti mexanizmi talablari asosida 
rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda g’aznachilikning u yoki bu modellari 
qo’llanilmoqda. G’aznachilik tizimlarining turli davlatlarda rang-barangligiga 
qaramasdan, mazkur moliyaviy institutga umumlashtirilgan ta’rif berish mumkin. 
G’aznachilik tizimidagi budjet tuzilmasida davlat resurslari va xarajatlari g’aznachilik 
hisobraqamlarida jamlanadi. G’aznachilik hisobraqamlardagi kassa qoldiqlarini 
ishlatib, g’aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag’larini depozitlar yoki qimmatli 
qog’ozlarga joylab, shu yo’l bilan budjet uchun qo’shimcha daromadlar jalb qilish 
uchun kapitallar bozorida qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida ishtirok etmoqda. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling