“buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-90K-2/22 guruhi talabasi bahronov javohir anvarjon o’G’lining


Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1400392
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GAZNACHILIK Аmaliy

1. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon 
muammolari 
 
G’aznachilik moliya tizimini boshqarish jarayonida Markaziy bankdan, umuman, 
bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin 
kamaytirishga turtki beradi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 
davlat 
boshqaruv 
organlarining 
qarz 
munosabatlariga 
doir 
shartnomalarning asl nusxalarini, qarzga kafolat bo’lgan boshqa hujjatlarni yig’adi va 
saqlaydi. Xorij mamlakatlari amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, 
davlat tuzilishi turlicha bo’lgan mamlakatlarda davlatga qarashli mablag’lar Moliya 
vazirligining tarkibiy qismi bo’lgan G’aznachilikning yagona hisobraqamida 
to’planadi, davlat qarzlarini boshqarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik 
departamenti muomalaga qimmatli qog’ozlar chiqarishni, ularni hajmini, tarkibini va 
to’lov muddatini nazorat qiladi va ularning tarkibiga bog’liq barcha masalalarni 
echadi. G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi 
mumkin va u bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Har bir 
mamlakatda Davlat moliyasini boshqarishni o’zi turli yo’nalishlarga ega: 
1. Naqd mablag’larni boshqarish. 
2. Moliyaviy rejalashtirish. 
3. Davlat qarzlarini boshqarish.
4. Davlatningmoliyaviyaktivlariustidannazoratqilish. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, g’aznachilik tizimi 
tarkibiy tuzilishi, huquqiy asoslari hamda bajaradigan vazifalari bilan turli 
mamlakatlarda turli xil ko’rinishga ega.G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda 
turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va nihoyat, g’aznachilik bajarilgan hisob-kitob 
operatsiyalari uchun javob beradi. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik davlat qarzi, 
qimmatbaho metallar va boshqa aktivlarni boshqarish masalalariga javob bersa, 


boshqalarida u to’lovlarni amalga oshirishdan avval nazorat ishlarini olib boradi, yana 
boshqalarida g’aznachilik budjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzishga va nashr 
qilishga javob beradigan boshqaruv organi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Masalan, Avstraliya Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarda g’aznachilik 
tizimining «kengaytirilgan funktsiyali» tizimi mavjud bo’lib, bunday tizimda 
g’aznachilik organlari davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini olib boradi.
Har xil mamlakatlarda g’aznalariga yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yuklatilgan 
edi, ularning mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yangi vazifalar yuklatildi 
va ba’zilari olib tashlandi. Uzoq davom etgan urushlar sababli davlat boyligining 
kamayishi oqibatida g’aznalarga yangi vazifa-ichki va tashqi qarz majburiyatlarini 
ishlab chi-qish yuklatildi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan xarajatlar sohasida
yuritilayotgan siyosati, budjet taqchiligini YaIMga nisbatan har yili o’rnatiladigan 
doirasi miqdorida Davlat budjeti balansligini ta’minlashga qaratildi. Iqtisodiyotga
investitsiyalar hajmi, aniq maqsadli va samarali kredit resurslarini taqsimlash 
kengaydi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirildi, budjet taqchiligi
va inflyatsiya sur’atlari qisqardi.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari va uni moliyalashtirish 
mexanizmlarini o’rganishda taqchillikni moliyalashtirishning oqibatlari, obligatsiya 
chiqarishni davlat qarzlari bilan bog’liqligi, shuningdek, budjet taqchilligi bilan pul 
massasi, davlat qarzlari o’rtasidagi mutanosiblik e’tiborga olinadi. Budjet 
taqchilligini moliyalashtirish uchun davlat ochiq bozorda pulni qarzga olish yoki pul 
bosib chiqarishi yoki o’z mulkining bir qismini sotishi mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling