Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi


Download 45.75 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1354951
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FARRUX AKA


4-MAVZU. G’AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI TA’MINLASH

Reja




  1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.


  2. Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.


  3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon muammolari.


  4. Davlat qarzlarini boshqarishda g’aznachilik xizmatining ahamiyati va vazifalari.


  5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida davlat kafolatlarini boshqarilishi.



1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Davlat budjetini shakllantirishda uning xarajatlar va daromadlar qismini belgilash muhimdir. Chunki budjetning daromadlari va xarajatlari o’zaro bir-birini taqozo etadi, uni to’liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning uchun budjet takchilligini samarali boshqarish va davlat karzlariga xizmat kursatish xarajatlarini kamaytirish yo’llarini izlash kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov islohotlarning ikkinchi bosqichidayoq budjet siyosatining eng muhim vazifasi budjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davlat karzlarini boshkarish vazifalarini hal etish zarurligini ta’kidladilar. Har qanday davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat budjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimlarini samarali ishlatish, pul muomalasi barqarorligiga erishish, budjet taqchilligini karzlarsiz boshqarish kabi soxalarni qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasida Davlat budjeti taqchilligi sohasidagi ustuvor yo’nalishlarning axamiyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ko’rsatib berdilar. Bozorga o’tish sharoitida budjet davlat iktisodiy siyosatining goyat muxim vositasi bulib bormokda. Davlat budjetidagi takchillikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa bo’lib qolmokda. Shu o’rinda “..O’zbekistonda moliya-budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. Mamlakatga iktisodiyotni rivojlantirish uchun markazlashgan pul mablaglarining jamgarmasi kerak. Bunday jamgarma budjet deb ataladi. Davlat o’z xarajatlarini soliqlar va soliqsiz daromadlar yordamida moliyalashtiradi, ammo budjetda taqchillik mavjud bo’lganda, hukumat qarzlar olishga ham majbur bo’ladi. Budjet takchilligi paydo bulishining asosiy sabablaridan biri davlat karzi muammosidir. Davlat karzi - davlat paydo bulgandan beri shakllangan budjet takchilligini koplanmagan kismidir. Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish mexnizmi uchta yirik guruhga bo’linadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali va qarzli moliyalashtirish usuli bilan birga, yana bir noinflyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning ma’lum qismi moliyalashtiriladi.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling