Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi


Davlat qarzlarini boshqarishda g’aznachilik


Download 45.75 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1354951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FARRUX AKA

4. Davlat qarzlarini boshqarishda g’aznachilik xizmatining ahamiyati, vazifalari va uning faoliyatini tashkil etish masalalari
G’aznachilik tizimida Budjet taqchilligini moliyalashtirishning iqtisodiyotga ta’siri bir xil bo’lmaydi, shuning uchun har bir manbalarini ko’rib chiqish lozim. Qachonki davlat o’z taqchilligini ochiq bozordan qarz olish orqali moliyalashtirsa, unda u qarzli moliyalashtirishga tushib qoladi. Qarz olib moliyalashtirish iqtisodiyotni dastlabki holati qanday bo’lishiga qarab unga turlicha ta’sir ko’rsatadi va qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kelajakda turli natijalarni beradi. G’aznachilik amaliyotida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy boshqarmalarida ochilgan Yagona G’azna hisobvarag’i faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Yagona G’azna hisobvarag’ida vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning va mahalliy hokimiyat organlarining shaxsiy hisobraqamlari ochiladi. Davlat budjetining barcha xarajatlari, jumladan, mahalliy budjet xarajatlari Yagona G’azna hisobvarag’idan moliyalashtiriladi. Yagona G’azna hisobvarag’ida mablag’larga taqchillik bo’lganda, G’aznachilik organi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki moliya bozoridan mablag’ jalb qiladi.
TUSHUMLAR
  • umumdavlat soliqlari;


  • mahalliy budjet daromadlari;


  • jismoniy shaxslarning budjetga to’lovlari;


  • bojxona to’lovlari;


  • maxsus yig’imlar mablag’lari;


  • davlat maqsadli jamQarmalariga to’lovlar;


  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari tushumlari;


  • muddatli depozitlar qaytarilgan summalar, shu jumladan foizlar;


  • davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan tushumlar;


  • davlat budjetining valyuta tushumlari.



XARAJATLAR

  • davlat budjetining rejalashtirilgan xarajatlari;


  • bank kreditlari uchun foiz tґlovlari;


  • noto’g’ri yoki ortiqcha to’langan soliqlarni qaytarish;


  • budjet tashkilotlari tomonidan olingan naqd pul mablag’larini qoplash uchun mablag’lar;


  • muddatli omonat jamqarmalariga budjet mablag’larini qo’yish;


  • qimmatli qog’ozlarni sotib olish.




Frantsiyada G’aznachilik funktsiyalari Davlat G’aznasi va Dav-latning hisob-kitob yuritish bosh direktsiyasi o’rtasida bo’lingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi: Davlat G’aznasi Moliya vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh direktsiyasi Budjet vazirligining tar-kibiga kiradi. Frantsiyada barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona hi-sobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yig’iladigan shu hisobra-qam bilan nazorat qilinadi.
Davlat G’aznasi quyidagilarni nazorat qiladi:

  1. Daromadlar sohasida:


    1. davlatning qarz talabnomalarini undiradi;




b) davlat muassasalarining har bir guruhi uchun qabul qi-lingan amaldagi qonun hujjatlarida va nizomlarda ko’zda tutil-gan daromadlar olishga ruxsat beradi.


  1. Xarajatlar sohasida:


      1. budjet mablag’larini taqsimlovchilarning vakolatlari-ni nazorat qiladi;


      2. kreditlarning mavjudligini nazorat qiladi;


      3. qarz majburiyatlarida ko’rsatilgan muddatlarni nazorat qiladi;


      4. xarajatlarni aniq budjet tasnifi bo’yicha amalga oshi-rilishini nazorat qiladi.


  2. Mol-mulk sohasida:




a) mulk egalarining huquqlarini, imtiyozlarini, ipoteka-larni va nazorat qiladi;
b) buxgalteriya hisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni saqlanishini nazorat qiladi.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling