Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-97-2/22-guruhi talabasi bobmurodov jonibekning


AQSh va Rossiya Federatsiyasida g’aznachilik tizimi faoliyati


Download 77.86 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1380143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI

AQSh va Rossiya Federatsiyasida g’aznachilik tizimi faoliyati
AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g’aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy organ xisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G’aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g’aznachilik inspektori va g’aznachilik sekretariat yordamchisi. G’aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo’lib A.Gaminton tayinlangan bo’lib, u 1789 yil 11 sentyabrdan 1795 yilgacha ushbu vazifani bajardi. O’n yillar mobaynida g’aznachilik funktsiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G’aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g’aznachilik uchta asosiy funktsiyani bajaradi:

  1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha asosiy iqtisodiy maslaxatchisidir.

  2. G’aznachilik davlatga moliya xizmati ko’rsatish bo’yicha funktsiyalarni bajaradi:

 davlat pul mablag’larini xisobga olish
 omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish;
 soliq to’lovlari va bojxona bojlarini yig’ish;
 milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;
tangalar zarb qilish, qog’oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3.Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g’aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaxo qog’ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o’q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo’yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda g’aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo’yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF, XTTB, Amerika tarakiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh G’aznachiligi ko’p sonli qo’mita va uyushma, sug’urta fondining a’zosidir.
G’aznachilik milliy omonat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi, ularga litsenziyalar beradi va omonat xolding kompaniyalarini faoliyatini nazorat qiladi. Xolding – aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi, o’z mablag’ini boshqa kompaniyalar nazorat paketini sotib olishga sarflaydi va ularni nazorat qiladi.
G’aznachilik Kongressga mamlakatning moliyaviy xolati bo’yicha yillik hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi. G’aznachilik tomonidan doimiy nashr etiladigan hisobotlar g’aznachilikning kunlik hisoboti, AQShning ichki qarzi bo’yicha oylik hisobot, AQShning daromad va xarajatlari bo’yicha oylik hisobot va muomaladagi pul mablag’lari bo’yicha oylik hisobotni o’z ichiga oladi. Shuningdek g’aznachilik oylik byudjetni ham chop etadi. Oylik byudjetda quyidagi ma’lumotlar beriladi:
 Federal hukumatning moliyaviy operatsiyalari;
 Federal hukumatning pul majburiyatlari;
 G’aznachilik hisobvarag’idagi fereral va qarz mablag’lari statistikasi;
 davlat qarzlarini moliyalashtirish;
 davlat omonat obligatsiyalari;
 davlat qimmatli qog’ozlaring bozor kotirovkasi;
 davlat qimmatli qog’ozlarning egalik tarkibi;
 tijorat banklardagi g’aznachilik mulki tarkibi;
 uzoq muddatli obligatsiyalarining daromadlilik darajasi;
 xalqaro moliyaviy statistika;
 kapital xarakatlar statistikasi.
 valyuta rezervlari
davlat agentliklari va fondlarining moliyaviy operatsiyalari.
AQSh G’aznachiligi funktsiyalari quyidagilardan iborat. G’aznachilik NyuYorkdagi Federal jamg’arma bankidagi o’zining yagona hisob raqami bo’yicha barcha tushumlarni va to’lovlarni nazorat qiladi hamda hukumatning bankdagi hisob raqamlarini nazorat qiladi. G’aznachilik tushumlarni yig’ish uchun bank tizimidan foydalanadi.G’aznachilik 4-6 oyga, kunlik taqsimoti bilan, o’zgaruvchan moliyaviy grafikni tayyorlaydi va uni har oyda yangilaydi.
AQSh G’aznachiligi:
 davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarishni nazorat qiladi va hajmi,
muddatlari va auktsionlarda joylashtirish bilan bog’liq masalalarnihal
qiladi.
 kimmatli qog’ozlarining ikkilamchi bozori uchun tartib- qoidalarni
belgilaydi;
 barcha soliq va bojxona bojlarini yig’adi va ayrim muassasalar uchun
foydalanganlik va xizmatlar uchun to’lovlarni markazlashgan tarzda
yig’ishni ta’minlaydi.
 xarajatlarga byudjet birligi talabnomasi bo’yicha byudjet ajratmalari
doirasida amalga oshiriladi. Ajratmalar tuzilmasi G’aznachilik va
Ma’muriy - byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi;
 buxgalteriya hisob-kitobida tashkilotlarga yo’riqnomalarni tayyorlash,
ularning talabnomalarini olish, har oylik hisobotlarni va yillik
moliyaviy
qaydnomalarni tayyorlash uchun javob beradi.
Dunyoning rivojlangan kapitalistik davlati-AQShda davlat byudjetini tayyorlash va ijrosini tashkil etilishiga mamlakat Prezidentining Ma’muriyatiga kiruvchi Byudjet Boshqaruvi Idorasi (Office of Management and Budget) (BBI) javob beradi. AQSh Kongresi tomonidan ajratmalar xarajatlari haqidagi qarorlar Prezident ma’muriyatidagi tarmoqlar departamentlari orqali nazorat qilinadi.
Quyidagi rasmda byudjetning qarzga olingan pul oqimlari ko’rsatilgan. U shaxodatlangan $78.1 mlrd pul mablag’lari oqimlarini g’aznachilikka, dasturlar hisobraqamiga, moliyalashtirish hisobraqamiga, qarz va xususiy qarz beruvchilar o’rtasida taqsimlangan. Bu zayomlar ichida hisoblangan subsidiyalar xarajatlari $2.9mlrdni tashkil qilgan. Bu so’rov moliya yilida dasturlar hisobvarag’iga qiritilgan va shaxodatlangan qarzlar bo’yicha majburiyatlar tasdiqlanganda moliyalashtirish hisobvarag’iga o’tkazilgan. Shu moliyaviy yilda $1.5 milliardni xususiy kreditorlarning majburiyatlari bo’yicha hisob to’lovlariga o’tkazilgan. Dastur hisobraqamlaridan subsidiyalangan ajratmalardan tashqari qarz beruvchilardan xizmatlari (komission to’lov) uchun ham ($2.2mlrd) olingan u rezervda saqlangan va G’aznachilik tomonidan foizlar ($0.1mlrd.) o’tkazilgan. Rezervlar xususiy kreditorlarning to’lovlariga defolt vaqtida to’lanmagan) holatida ($0.4mlrd. ) foydalanilgan
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki (byudjet tashkiloti, g’aznachilik, firma, korporativ) va tashqi (auiditorlik) nazoratlariga bo’linadi. Nazoratning davlat va nodavlat turlari o’tkazish usullariga ko’ra o’xshash bo’lishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo’yicha bir biridan keskin farq qiladi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xo’jalik sub’ektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga quyilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
AQSh g’aznachiligi (Treasure Department) hamma davlat tushumlari va to’lovlar tizimi ustidan nazoratni amalga oshiradi. G’aznachilik tarkibiga Soliq boshqaruvi va Bojxona boshqaruvi kiradi. Shu bo’linmalar orqali G’aznachilik, hamma soliq va bojxona yig’imlari va davlat bojlari hamda ayrim muassasalar xizmatlari evaziga tushumlarni yig’ib oladi. G’aznachilikning bosh hisobraqami Federal rezerv tizimida (AQSh Markaziy bankida) yuritiladi. Shu bilan birga g’aznachilik hukumat hisob raqamini nazorat qiladi. Daromadlar va tushumlar yig’imi bank tizimi orqali amalga oshiriladi.

Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling