Buxgalteriya hisobining funktsiyalari
Moliyaviy hisobotning betaraflik printspi
Download 99 Kb.
|
3-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA PRINTSIPLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanish printsipi
- 3.1.-rasm. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining funktsiyalari
Moliyaviy hisobotning betaraflik printspi moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli bo‘lishi kerak.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqlik printsipi hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanish printsipi ularning tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi. Ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin. 3.3.BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKTSIYALARI Buxgalteriya hisobi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv funktsiyasi ham bor. Boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi ayrim bir funktsiyalarni amalga oshiradi. Ularning asosiysi axborot, nazorat, mulklarning butligini saqlash, teskari aloqa va analitik funktsiyalaridir. 3.1.-rasm. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining funktsiyalari Axborot funktsiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoj va unga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi va ular asosida boshqaruv, moliyaviy va investitsion qarorlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang‘ich hujjatlarda aks ettiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, xolisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi. Nazorat funktsiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funktsiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat bu avvalambor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Belgilangan rejadagi ko‘rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi. Mulkning butligini ta’minlash. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funktsiyani amalga oshirishning asosiy instrumenti bo‘lib, o‘z vaqtida va belgilangan tartibda inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi axborotni shakllantiradi va teskari aloqa orqali boshqaruv ob’ektning haqiqatdagi rivojlantirish parametrlari to‘g‘risidagi axborotlarni uzatishi teskari aloqa funktsiyasi hisoblanadi. Teskari aloqaning asosiy axborot tizimi buxgalteriya hisobiga nisbatan quyidagilar hisoblanadi: tartibga keltirilmagan axborotlarni - kiritish, ma’lumotlarga - qayta ishlov berish, tartibga keltirilgan ma’lumotlarni - chiqarish. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling