Buxgalteriya hisobining funktsiyalari


Download 99 Kb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi99 Kb.
#1173167
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA PRINTSIPLARI


3-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA PRINTSIPLARI
3.1. BUXGALTERIYA HISOBINING METODLARI
3.2. BUXGALTERIYA HISOBINING PRINTSIPLARI
3.3. BUXGALTERIYA HISOBINING FUNKTSIYALARI


3.1. BUXGALTERIYA HISOBINING METODLARI

Korxona mablag‘larining holati va foydalanishini o‘rganishni makon va zamonda, dialektik harakatda amalga oshiradi. Aynan shunday yondashish buxgalteriya hisobining uslubini (metodini) ifodalaydi.


Buxgalteriya hisobning uslubi (metodi) deganda, uning o‘rganish ob’ektlarini va ularni aks ettirishda qo‘llaniladigan usullar majmuasi tushuniladi.
Usullarining har biri alohida buxgalteriya hisobi uslubining (metodining) elementlari deb ataladi.
Buxgalteriya hisobi uslubining (metodining) mohiyati unda qo‘llaniladigan usullarda yorqin namoyon bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining metodi (uslubi) quyidagilardan iborat.
Hujjatlashtirish – bu korxona xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi tegishli hujjatda rasmiylashtiriladi. Bu holat odatda operatsiyalar sodir bo‘layotgan paytda amalga oshiriladi va hisobning boshlang‘ich davri hisoblanadi. Hujjatlardan keyinchalik xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni guruhlashtirish va qayta ishlov berishda foydalaniladi.
Hujjatlarda mansabdor mas’ul shaxslarning imzosi bo‘lmasa, bunday hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Inventarizatsiya – buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali tasdiqlanadi.
Inventarizatsiya bu korxonada mablag‘larning mavjudligi va uning hisob ma’lumotlari bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi.
Inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.
Baholash – buxgalteriya hisobining har xil ob’ektlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni olish uchun xo‘jalik mablag‘i, uning tashkil topish manbai va xo‘jalik operatsiyalarini pul o‘lchov birligida ifodalanishidir.
Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so‘mda yuritiladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling