Buxgalteriya hisobining funktsiyalari


Download 99 Kb.
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi99 Kb.
#1173167
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING METODI VA PRINTSIPLARI

Kalьkulyatsiya qilishishlab chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar yoki tayyorlangan tovar-moddiy qiymatliklarning bir donasi (birligi)ning tannarxini aniqlash va xarajatlarni guruhlashtirish usulidir.
Buxgalteriya hisobining schyotlari – korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi hamda ularga bo‘lgan talablardir.
Buxgalteriya hisobining schyotlarida buxgalteriya hisobining ob’ektlarini har kuni va muntazam ravishda aks ettirib boriladi. Schyotlar orqali iqtisodiy belgilari bo‘yicha bir turdagi xo‘jalik operatsiyalari guruhlashtiriladi, korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbailari va xo‘jalik operatsiyalarining holati va harakati haqida joriy ma’lumotlar yig‘ib boriladi.
Ikki yoqlama yozuv – bu xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd qilish usulidir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir xo‘jalik operatsiyasi bir vaqtning o‘zida bir schyotning debetida va boshqa bir schyotning kreditida aks ettiriladi.
Buxgalteriya balansi – bu korxonaning mulki va majburiyatlarni ma’lum bir sanada pul ko‘rinishida umumlashgan va iqtisodiy guruhlashtirish usuli hisoblanadi.
Korxona mulki balansda ikki guruhga bo‘lingan holda aks ettiriladi. Birinchi guruhda mulkning tarkibi va uning joylanishi va ikkinchi guruhda esa, mulkning tashkil topish manbai sifatida aks ettiriladi. Bundan kelib chiqadiki, balansning ikki tomoni bir mulkni aks ettiradi. SHuning uchun balansning ikki tomoni o‘zaro tengdir.
Buxgalteriya hisoboti – bu ma’lum bir muddatga korxona moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari haqidagi ko‘rsatkichlarning umumlashgan ma’lumotlar tizimi hisoblanadi. Buxgalteriya hisoboti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona qoida asosida mulkchilik shaklidan va faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxonalar tomonidan tuziladi.
Buxgalteriya hisoboti turli organlarga (soliq organlari, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlar, davlat statistika organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar) taqdim qiladi.



Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling