3.2.-rasm. Teskari aloqa axborot tizimining komponentlari
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimi nuqtai nazarida teskari aloqa axborot tizimining bir qismi, uning asosiy qismini tashkil qiladi. U tashkilot boshqaruvning barcha pag‘onalarini boshqarilayotgan ob’ektning haqiqatdagi holati haqida, hamda berilgan parametrlardan muhim og‘ishlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Analitik funktsiya. Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanish istiqbolini, unda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatish, xo‘jalik faoliyatning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish yo‘llarini belgilash hisoblanadi.
Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlarni asoslanganligini aniqlash maqsadida uni o‘rganish jarayonidir. Korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir.
Tushunishga doir savollar
1. Daromad va xarajatlar hisobini qaysi printsiplar tartibga soladi?
2. Korxona faoliyatning uzluksizligi degan tushunchaning mohiyatini ochib bering.
3. Hisob yuritishning muqobil variantini tanlab olish deganda nimani tushunasiz.
4. Hisoblash printsipi bilan kassa metodlari o‘rtasidagi asosiy farq tushuntirib bering.
5. Ehtiyotkorlik printsipining mohyatini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |