Buxgalteriya hisobining mohiyati va vazifalari


Download 8.36 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi8.36 Kb.
#1563710
  1   2   3
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi mustaqil ish

Buxgalteriya hisobining mohiyati va vazifalari.

Reja:

  • Buxgalteriya hisobining predmeti va vazifalari.
  • Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.
  • Buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob siyosati.

Buxgalteriya hisobining predmeti va vazifalari

  • Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.

Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.

  • Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.

Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.

  • «Balans» so’zi lotincha bo’lib, uningaynan tarjimasi «bis» ikki karra va«lans» tarozi palasi ya’ni tarozi tengligi degan ma’nonibildiradi. Demak, «balans» so’zi ikkitomonning ya’ni tarozi pallasiningikkala tomonini tengligidir.

Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug‘i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi.

  • Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug‘i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi.

Download 8.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling