Buxgalteriya hisobining mohiyati va vazifalari
Download 8.36 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.
Buxgalteriya hisobining mohiyati va vazifalari.Reja:
Buxgalteriya hisobining predmeti va vazifalari
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.
Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug‘i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi.
Download 8.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling