Passivlar III-bo’lim Majburiyatlar (Joriy majburiyatar,Uzoq muddatli majburiyatlar) IV-bo’lim Xususiy kapital
Tranzit schetlar V-qism Moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanish
VI-Balansdan tashqari schetlar
Аktiv schyotlar (А) - aktivlarni aks ettirishga moʼljallangan boʼlib, unda iqtisodiy zaxiralarning qoldigʼi va koʼpayishi schyotning debeti, kamayishi esa - krediti boʼyicha aks ettiriladi.
Passiv schyotlar (P) - majburiyatlar va kapitalni aks ettirishga moʼljallangan boʼlib, unda majburiyatlar hamda kapital qoldigʼi va koʼpayishi schyotning krediti, kamayishi esa - debeti boʼyicha aks ettiriladi.
Kontraktiv schyotlar (KА) - u bilan bogʼliq boʼlgan aktiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontrpassiv schyotlar (KP) - u bilan bogʼliq boʼlgan passiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, biroq yopiladigan Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʼlmaydigan, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlardir.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari sintetik va
analitik schyotlarga bo‘linadi.
Sintetik schyotlar – bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab
beruvchi schyotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son
BHMSda ko‘rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat
tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi.
Analitik schyotlar – bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‘lchov
birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan
hisob analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil
ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig‘indisi sintetik schet
summasiga teng bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |