Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Download 0.53 Mb.
|
Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Davomiylik tamoyili yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyat ko'rsatgan muddatga mos bo'lishi lozim, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi sub'ekt tugatilgan yoki u bankrot deb e'lon qilingan paytgacha yuritilishi lozim. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'z faoliyatini to'xtatgan kundan boshlab, buxgalteriya hisobini yuritish ham to'xtatiladi. Xo'jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi barcha xo'jalik operasiyalari, voqealar, aktivlar va passivlar bir xil birlikda o'lchanishi - pul bilan baholanishi lozim. O'zbekiston Respublikasida pul birligi - so'm, uning bo'laklari - tiyinlardir. Aniqlik (ishonchlilik) prinsipi axborotda muhim xato yoki g'arazlilik bo'lmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin bo'lsa, ishonchli hisoblanadi.
Operasiyalar yoki voqealarning ishonchliligi odatda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim. Hisoblash prinsipi pul oqimi to'grisidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblab yozish tamoyili asosida tuziladi. Hisoblab yozish tamoyiliga muvofiq aktivlar, passivlar, o'z sarmoyasi, daromadlar, xarajatlar, xo'jalik operasiyalari va voqealar buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag'lari yoki ekvivalentlari olingan yoxud to'langan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi. Hisoblab yozish tamoyili asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar undan foydalanuvchilarga o'tmishda pul to'lab yoki pul mablag'larini olib amalga oshirilgan operasiyalar to'g'risidagina emas, shuningdek kelgusida pul to'lanadigan majburiyatlar to'grisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilish chog'ida juda zarur hisoblanadi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling