Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
246 4. HISOB SIYOSATIDA BALANSNI YORITIB BERISH TARTIBI. Buxgalteri balansi korxonaning hisob siyosatida О‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining 15-son “Buxgalteriya balansi” номли milliy standarti talablari doirasida yoritiladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, xо‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotlarni tо‘playdi. Shuning uchun ham buxgalteriya balansidagi barcha axborotlar tо‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bо‘lishi talab etiladi. Balansda axborotlar hisobot davri boshiga va oxiriga tegishli bо‘lgan ma’lumotlar tarzida keltiriladi. Ma’lumotlarini oshkoraligini ta’minlash maqsadida, zaruriyat bо‘lganda, buxgalteriya balansini qо‘shimcha moddalar bilan tо‘ldirish mumkin. Buxgalteriya balansini oshkor qilishi kerak. Buxgalteriya balansining joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari saldolanmaydi, balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan saldolanmaydi. Shuningdek, buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, о‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar summasi oshkor qilinishi kerak. Ularni oshkor qilish xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda foydalaniladigan hamda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun zarur bо‘ladigan axborotlardan iborat bо‘ladi. Balansning “Uzoq muddatli aktivlar” bо‘limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, о‘rnatiladigan uskunalar, kapital qо‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi. Uzoq muddatli investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar qiymati, shо‘ba xо‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe xо‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari bо‘yicha oshkor qilinishi kerak. Balansning “Joriy aktivlar” bо‘limida tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik 247 qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qо‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinadi. Xaridor va buyurtmachilarning debetorlik qarzlari, alohida bо‘linmalar qarzlari, shо‘ba va tobe xо‘jalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan bо‘naklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bо‘naklar, byudjetga soliqlar va yig‘imlar bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlari, ustav sarmoyasiga qо‘yilmalar bо‘yicha ta’sischilarning bо‘nak tо‘lovlari, boshqa operatsiyalar bо‘yicha xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari tarzida oshkor qilinishi kerak. Pul mablag‘lari, kassadagi naqd pul mablag‘lari, hisob-kitob raqamidagi pul mablag‘lari, valyuta hisob raqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus hisob raqamlar, pul ekvivalentlari, yо‘ldagi о‘tkaziladigan pul mablag‘lari) summalari tarzida oshkor qilinadi. Balansning “Xususiy sarmoya” bо‘limida ustav sarmoyasi, qо‘shilgan sarmoya, zahira sarmoya, sotib olingan о‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bо‘lg‘usi xarajatlar va tо‘lovlar zahiralari oshkor qilinadi. “Majburiyatlar” bо‘limida korxonaning uzoq muddatli va joriy majburiyatlar summasi alohida-alohida oshkor etiladi. Uzoq muddatli majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bо‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar, shо‘ba va tobe xо‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy tо‘lovlar bо‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bо‘naklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari kо‘rsatilishi kerak. Majburiyatlarga tegishli bо‘lgan foiz stavkalari, shartnoma majburiyatlari, sо‘ndirish shartlari va ketma-ketligi, mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansiga tushuntirish xatida batafsil yoritiladi. 248 Balansning joriy majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida bо‘linmalarga qarzlar, shо‘ba va tobe xо‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy tо‘lovlar bо‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bо‘naklar, byudjetga soliqlarga oid qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan tо‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi. Agar korxona kredit bitimiga binoan majburiyatlarni uzoq muddatli qayta moliyalashni nazarda tutsa, unda uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi joriy majburiyatlardan chiqarib tashlanadi. Ularning summalari va qayta moliyalash shartlari balansga tushuntirish xatida asoslab beriladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling