Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
-jadval To’rtinchi operatsiyadan keyingi balans ko’rinishi (ming sо‘mlarda)
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
9-jadval
To’rtinchi operatsiyadan keyingi balans ko’rinishi (ming sо‘mlarda). T/r Moddalar Summa Tr Moddalar Summa 1 Asosiy vositalar 9400,0 1 Ustav kapitali 12000.0 2 Tovarlar 3280,0 2 Taqsimlanmagan foyda 2118,3 3 Pul mablag’lari 1961,9 3 Kelgusi davr sarflari 13758.9 4 Kassa 100,0 4 Rezerv fondi 2000,0 5 Debitorlar -bunak to’lovlari -boshqa debitorlar 12390,7 980,0 5 Kreditorlar -ish haqi bo’yicha qarz -boshqa kreditorlar 343,9 2000,0 Balans 32422.6 Balans 32422.6 Yuqorida ko’rib chiqilgan xo’jalik muomalalarini balans tarkibiga ta’sirini quyidagi arifmetik ifodalarda ko’rsatish mumkin: 1. ∑ A+∑U- ∑U ═ ∑P; 2. ∑P+∑U-∑U═∑ A; 3. ∑A+∑U═∑ P+∑U; 4. ∑ A-∑U═∑ P-∑U; Bu yerda; 1. ∑ A-balans aktiv tomoniningg jami summasi; 2. ∑ U-sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyasinig summasi; 3. ∑ P- balans passiv tomonining jami summasi; Ko’rib chiqilgan misollardan quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin: Birinchidan, korxonalarning aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini tarkibiga, joylanishiga, paydo bo’lish manbaalariga ta’sir etuvchi barcha xo’jalik operatsiyalari iqtisodiy mazmun jihatidan to’rt guruhga bo’linar ekan; 245 Ikkinchidan, birinchi guruh xo’jalik operatsiyalar korxona aktivlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita aktiv moddasida ichki o’zgarish sodir bo’ladi, balansning umumiy qiymati o’zgarmaydi. Bir aktiv modda kamaysa ikkinchi bir aktiv modda o’sha summaga ko’payadi. Mablag’larni shakli yoki saqlanish joyi o’zgaradi. Ya’ni mablag’larning qayta gruxlanishi sodir bo’ladi; Uchinchidan, ikkinchi guruh xo’jalik operatsiyalari korona passivlari va majburiyatlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita passiv moddasida ichki o’zgarish sodir bo’ladi. Bunda bir passiv modda kamaysa ikkinchi bir passiv modda usha summaga ko’payadi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini o’zgartirmaydi. Bunda shakl jihatdan aktivlarining bir turdagi manbaasining ikkinchi bir turdagi manbaaga qayta guruhlanishi sodir bo’ladi; To’rtinchidan, uchinchi guruh xo’jalik operatsiyalari bir vaqtning o’zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalarini ko’payishga olib keladi. Bunda korxona mablag’lari va majburiyatlprining ko’payishi sodir bo’ladi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini oshishga olib keladi; Beshinchidan, to’rtinchi guruh xo’jalik operatsiyalari bir vaqtning o’zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalarini kamayishga olib keladi. Bunda korxona mablag’lari va majburiyatlprining kamayishi sodir bo’ladi. Bu guruh xo’jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini kamayishga olib keladi; Oltinchidan, xo’jalik operatsiyalari ta’sirida mablag’lar tarkibida, joylanishida va paydo bo’lish manbaalarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni balansda ko’rsatish zaruriyati tug’iladi, bu esa har bir xo’jalik operatsiyasidan keyin yangi balans tuzish kerakligini taqoza qiladi; Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling