Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Operativ-texnik hisob – korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan 
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni kuzatish, nazorat qilish va o’zining texnik 
vositalari yordamida yig’ish hamda qaror qabul qiluvchilarga yetkazib berish 
tizimidir. Operativ-texnik hisob yordamida boshqaruv uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlar foydalanuvchilarga (menejerlarga, buxgalterlarga, tahminot 
bo’limi xodimlariga, korxona muxandislariga va boshqa tashqi 
foydalanuvchilarga) huquqiy maqomga ega bo’lgan hujjatlarni tuzmasdan 
ma’lumotnomalar yordamida yoki og’zaki holda, telefon, faks, telegraf, 
modem yoki internet orqali yetkazib beriladi. Operativ-texnik hisob sodir 
etilgan hodisa va voqealiklarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan 
o’lchab, korxonaning boshqaruv apparati xodimlarini hamda moliyaviy va 
boshqaruv hisobini ma’lumotlar bilan tahminlashga xizmat qiladi. O’zining 
oddiyligi bilan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi. 
Statistika hisobi- jamiyatda sodir bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalarni kuzatish, o’rganish va umumlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy 


28 
hodisalarni va voqealiklarni ommaviy kuzatib, sifat va miqdor jihatdan o’lchab 
hujjatlarda qayd qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealiklarni sifat va miqdor 
tomonlarini bog’lab o’rganish statistik hisobning asosiy vazifasi bo’lib 
hisoblanadi.Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo’ladigan ijtimoiy-
iqtisodiy hodisalarni va voqealiklarni ommaviy kuzatish asosida o’rganib, sifat va 
miqdor jihatdan o’lchab hujjatlarda qayd qilish va umumlashtirish tizimidir. Misol 
qilib, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar oborotining bajarilishini 
nazorat qilish, ish haqi va mehnat unumdorligini oshishi, aholini ro’yxatdan 
o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Statistika hisobida 
axborotlar kuzatish asosida o’rganiladi, sifat va miqdor jihatdan o’lchanadi, 
statistika hisobiga xos bo’lgan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va alohida belgilari 
bo’yicha guruhlanib hisobga olinadi hamda tahlil qilinadi. SHuningdek, statistika 
jamiyat taraqiyotining turli jarayonlarini va korxonalarning xo’jalik faoliyatlari 
natijalarini tahlil qilish asosida, ularning rivojlanish istiqbolini belgilab beradi.  

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling