Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Mavzu bo’yicha nazorat savollari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. BUXGALTERLIK KASBINING MOHIYaTI
Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1. Buxgalteriya hisobining huquqiy asoslari deganda nima nazarda tutiladi? 2. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun birinchi marta qachon qabo’l qilingan? 3. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning asosiy maqsadini yoritib bering. 4. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunda buxgalteriya hisobining qaysi tamoillariga rioya qilish ko’rsatib o’tilgan? 5. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari qanday hujjat? 6. Hozirgi kunda amal qilayotgan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini sanab bering. 7. Moliyaviy hisobotlarning xaqaro standartlarini sanab bering. 8. Buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimlarini sanab bering. 9. Buxgalteriya ishlarini tashkil qilishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 10. Buxgalteriya xisobini tashkil qilishning qanday shakillarini bilasiz? 11. Markazlashgan buxgalteriya qanday buxgalteriya? 12. Markazsizlashgan buxgalteriya qanday buxgalteriya? 51 3-MAVZU. BUXGALTER KASBIGA QO’YILADIGAN TALABLAR Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: buxgalter, buxgalterlik kasbi, moliyaviy axborot, soliq, soliqchi, Nil daryosi, Mesopatamiya, moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar. 1. BUXGALTERLIK KASBINING MOHIYaTI Bozor iqtisodiyotiga o’tish buxgalteriya kasbining g’oyatda mahsuliyatli va mashaqqatli yekanligini ko’rsatmokda. Buxgalteriya kasbining sharafli va mashaqqatli kasb ekanligini tarixga bir nazar tashlash orqali ham sezish mumkin. Tarixiy manbaolardan ma’lumki hisobi ishlari taxminan eramizdan 4000 yil ilgari qo’ldorlik jamiyati negizida, uning xo’jalik faoliyati talablari asosida yuzaga kelgan 32 . Ijtimoiy bosqichlarning o’zgarib borishi natijasida hisob obekti ham almashib turgan va dastlab foydalanilgan hisob uslubi bo’lgan inventarizatsiya, kontakorrent usuli bilan, ya’ni, xo’jalik jarayonida shaxslar orasidagi hisob-kitoblarni olib borish bilan to’uldirilgan Moliyaviy axborotlarni 33 aks ettiruvchi yozuvlar ilk bor bundan 4000 yil muqaddam qilinganligi aniqlangan. Xususan, misrlik er yegalari dalalarni sug’orishda Nil daryosi suvidan foydalanganliklari uchun don va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan olingan hosillardan soliq to’lash bo’yicha hisob yuritishgan. Solikchi er yegalarining uy devorlarida to’langan soliq hamda tilxatni bildiruvchi belgilar yordamida yozuvlar qoldirishgan. Arxeologlarni fikricha Mesopatamiyadan topilgan loydan yasalgan qalamchalar va jadvallar ham ilk bor hisob tamoyillari paydo bo’lganligidan dalolat beradi. «Buxgalter» so’zi nemischadan olingan bo’lib, bux - kitob, xalter - tutmoq, saqlamoq mahnosini anglatadi. Bu so’z ilk bor Germaniyada 32 . Алексеев В. П., Першиц А. И. История первобытного обшества. ООО “Издательство Астрель” 2004 год, 253-257стр. 33 Алексеев В. П., Першиц А. И. История первобытного обшества. ООО “Издательство Астрель” 2004 год, 253-257стр. 52 qullanila boshlagan. Buxgalteriya hisobi va nazoratining asosini Ovrupa va Amerika buxgalteriya yo’nalishlari tashkil yetadi. Davlat (hukumat), moliya-soliq institutlari, investorlar, kreditorlar (banklar, sug’urta idoralari), ish beruvchilar va aholi buxgalterlar shakllantiradigan iqtisodiy axborotlarni foydalanuvchilari bo’lib hisoblanadilar. Xizmat vazifalarini bajarishda buxgalterlar o’z ishlariga mahsuliyatli qarashlari va halollik yuzasidan yondoshishlari lozim. Davlatni (hukumatni), jamoatchilikni, ishbilarmon doiralar vakillarini, moliyaviy hisobot tuzuvchilarni hamda boshqa soha xodimlarining ishonchlarini oqlash uchun buxgalterlar bir qancha vazifalarni bajaradilar. Malakali buxgalterlarni xulq-atvori, o’z kasbiga sidqidildan, malakaviy yondoshuvi jamiyatni iqtisodiy yuksalishiga tahsir etadi. Bu malakali buxgalterlardan jamiyatning qiziqishiga mahsuliyat bilan yondoshishni talab etadi. Malakali buxgalterlar mahsuliyatiga nafaqat mijozni yoki ish beruvchini balkim butun bir jamiyatni isteomolini qondirish kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki buxgalterlik kasbining jamiyatda o’z o’rni bor. SHu o’ringa ega bo’lishi uchun buxgalterlik kasbini tanlagan har-bir shaxs o’z kasb mahoratini, ko’nikmasini oshirish ustida tinmay ishlashi talab etiladi. Buxgalter obro’li bo’lishlari uchun jamiyat ishonchini qozonib har doim yuqori saviyada xizmat ko’rsatishlari lozim, CHunki moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar malakali buxgalterlarning tijorat faoliyatlarining intizomli va obektiv axborotlariga tayanib ish yuritishadi. Butun dunyoda malakali buxgalterlar mana shunday maqsadlarga xizmat qiladigan yuqori saviyadagi xizmatlar ko’rsatishga qaratilgan ahloqiy qoidalarga rioya qilishlari talab etiladi. Bunday talablarni o’rnatishni hisobga olib Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi 1998 yilda “Malakali buxgalterlar kodeksini” qabul qildi. Harakatdagi kodeks butun dunyo buxgalterlariga qo’yiladigan etik talablar va qoidalar yig’indisi bo’lib uch qismdan iborat: kodeksning “A” qismida keltirilgan tartiblar barcha malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi, “V” qismida keltirilgan tartiblar barcha amaliyotchi malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq 53 etiladi va “S” qismida keltirilgan tartiblar yo’llanma malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi. Buxgalterlik kasbining asosiy maqsadi eng yuqori malaka standartlar asosida yaxshi ish natijalarini tahminlash, jamiyat manfaatlari talabini bajarish bo’lib hisoblanadi. Har qanday malakali buxgalter bunday maqsadga erishishi uchun quyidagi to’rtta asosiy talabga rioya qilishi kerak: 1. Ishonchlilik– jamiyatda, haqqoniy ishonchli axborotlar va axborotlar tizimiga talabni mavjudligiga; 2. Professionallik – malakali bo’xgalterlarga bo’lgan talabning mavjudligiga; 3. Xizmat sifati – malakali buxgalterlar ko’rsatadigan barcha xizmatlar yuqori sifat standart talabiga javob berishga bo’lgan ishonchga; 4. Ishonch – foydalanuvchilarda xizmat ko’rsatuvchi buxgalterlarda ahloqiy qoidalarni mavjudligiga ishonch hosil qilish. Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi barcha malakali buxgalterlar uchun quyidagi axloqiy mehyorlar belgilab bergan: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling