Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BUXGALTERIYa HISOBI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BUXGALTERIYa HISOBI
TO’G’RISIDA”GI QONUNI VA UNING AHAMIYaTI O’zbekiston respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni 30 avgust 1996 yilda qabo’l qilingan va 2016 yili 16 aprelda O’zbekiston Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqib o’zgarishlar kiritilib yangi taxrirda qabo’l qilingan. Qonun 32 moddadan iborat bo’lib, uning asosiy maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va buxgalteriya moliyaviy hisobotlarini tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat 30 deb ko’rsatilgan.Qonunda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning qo’ydagi asosiy printsplpri belgilab berilgan: -uzluksizlik; -ishonchlilik; -ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. 30 . Agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida О‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bо‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qо‘llaniladi. 41 Qonunda belgilanishicha buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi bo’dib hisoblanadi. SHuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir deb tahrif berilgan. Qonunda xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o’zaro bog’liq holda pulda baholab aks ettirish yo’li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritillishi belgilab qo’yilgan. Buxgalteriya axboroti bu - boshlang’ich hisob hujjatlariga asoslanib, buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog’liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlardir. Qonunda buxgalteriya hisobining subhektlari va obhektlari aniq belgilab berilgan. Unga ko’ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi subektlari bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, hamda chet el yuridik shaxslarining O’zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritishlari hamda hisobot taqdim etishlari ko’rsatib o’tilgan. SHuningdek, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obektlari eknligi va ularni hisobga olish tartibi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya 42 hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartiblari ham belgilab berilgan. Ushbu qonunda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subektining rahbari amalga oshirilishi, uning, bu boradagi huquq va burchlari, bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari ekanligi, ularning bevosita buxgalteriya hisobi subektining rahbariga bo’ysunishi, dastlabki imzo huquqi kimga berilishi, boshlang’ich hisob hujjatlari, ularni tuzish, saqlash tartiblari, shuningdek, buxgalteriya hisobi axborotlarini hisob registrlarida aks ettirish va bu axborotlarni saqlash tartibi belgilab berilgan. Korxona aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, aktivlar va majburiyatlarni baholash,daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, korxona xususiy kapitalni hisobga olish, ichki nazoratuni tashkil etish,moliyaviy hisobotlarni tuzish taqdim etish tartiblari aniq qilib ko’rsatilgan. Ushbu qonunning 32 moddasida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi deb ko’rsatib o’tilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling