Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining
taxminiy xizmat lavozimi vazifalari Xizmat lavozimi Xizmat vazifalari Bosh buxgalter Korxonada buxgalteriya ishini to’liq olib borilishini tashkillaydi, nazorat qiladi va xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklardan to’g’ri foydalanish ustidan nazorat o’rnatadi. Xo’jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirishni qonuniyligini nazorat qiladi, ish haqini to’g’ri hisoblash va berilishi ustidan nazorat o’rnatadi. Byudjetdan foydalanishga nazorat o’rnatish, soliq to’lovlarining eng maqbul variantlarini tanlash va soliq hisobotlarini tuzish va topshirish. Korxona moliya-xo’jalik faoliyatiga tegishli bo’lgan qonunlarni buzilishini hamda kamomadlar va yo’qotishlar oldini olish, ular sodir bo’lganda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish va tergov- sud idoralariga topshirish. Bosh buxgalter o’rinbosari Kassa va hisob raqami operatsiyalarini uchyotini olib boradi. Bosh buxgalter o’rnini bosadi. Ombor buxgalterlari Moddiy ishlab chiqarish zahiralarini, tayyor mahsulotlarni qiymatliklarni sotib olishni, ishlab chiqarishdan kelishini va chiqib ketishini hisobga olish bilan shug’ullanadi. Kassir Naqd pul mablag’larini harakati va unga tenglashtirilgan, qimmatli qog’ozlarni (aktsiyalarni, obligatsiyalarni, markalarni) uchyotga olish bilan shug’ullanadi. Ishlab chiqarish bo’limi buxgalteri Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida, tsex boshliqlarining hisobotlari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini sintetik va analitik uchyotini yurgizadi, ishlab chiqaraligan mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini kalkulyatsiya qilish bilan 48 shug’ullanadi. Hisoblashuv opera- tsiyalari buxgalteri Debetorlar va kreditorlar, xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan sodir bo’ladigan hisob-kitoblarni uchyotga olish bilan shug’ullanadi. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar buxgalteri Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa moliyaviy qo’yilmalarni harakati bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni hujjatlashtirish, amartizatsiya hisoblash hamda sintetik va analitik uchyotini olib borish bilan shug’ullanadi. Auditr Soliqlarning to’g’ri hisoblanganligini, hisob ishlarining to’g’ri tashkil qilinganligini nazorat qiladi, moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilish bilan shug’ullanadi. Korxona ish faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xizmat lavozimlari ham kiritilishi mumkin. Masalan: Faoliyatida import va eksport operatsiyalari ko’p bo’lgan korxonalarda “Buxgalter-ekspert” yoki katta korxonalarda “Buxgalter analitik” hisob ishlarini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, kapital qurilishi va zaruriyat bo’lganda boshqa guruhlar ham tashkil qilinishi mumkin. Buxgalteriya xizmati xodimlarining faoliyati bosh buxgalter tomonidan tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan “Buxgalteriya apparati haqidagi nizom” talablari doirasida tashkil qilinishi lozim. Nizomda buzgalteriya apparatining maqsadi, vazifalari , uning korxonaning boshqa bo’linmalari bilan aloqasi va buxgalteriyada ishni tashkil qilish tartibi yoritiladi. Nizom buxgalteriya apparati. Korxona boshqaruv tizimining xususiyatidan kelib chiqib buxgalteriya apparati ikki xil, markazlashgan va markazlashtirilmagan shakllarda tashkil qilinadi. Markazsizlashtirish darajasi bo’linmalarni va tsexlarni tarkibi hamda hisobning bajaradigan funktsiyalari bilan belgilanadi. Markazlashtirilmagan shaklda korxonaning markaziy buxgalteriyasi bilan bir qotorda, uning mustaqil bo’lgan va mustaqil bo’lmagan tarkibiy qismlarida. 49 Buxgalteriya guruhlari va bo’limlari, alohida tsexlar bo’yicha va korxona tarkibidagi birlashmalar shaklida tashkil qilinadi. Bajaradigan funktsiyalari bo’yicha buxgalteriya bir necha darajada tashkil qilinadi: 1. Balans va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanadigan to’liq hisob olib borishga mo’ljallangan buxgalteriya; 2. TSexlar, bo’linmalar va birlashmalar faoliyatiga tegishli bo’lgan birlamchi hujjatlarni qabul qilib, ularga ishlov beruvchi, korxona xodimlari bilan hisob-kitoblarni olib boruvchi, moddiy qiymatliklarni haqiqiy mavjudligini, harakatini nazorat qiluvchi va hisobini olib boruchi hamda bo’linmaga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishni amalga oshiruvchi buxgalteriya; 3. Birlamchi hujjatlarni to’g’ri tuzilganligini, moddiy javobgar shaxslarni hisobotlarini va videogramalarni to’g’riligini nazorat qiluvchi hamda hisob ma’lumotlari asosida har xil axborotlar beruvchi buxgalteriya. Birinchi darajaga kiradigan markazlashtirilmagan buxgalteriya yuqori darajadagi mustaqillikka ega bo’lgan tarkibiy tuzilmalarga xos bo’ladi. Masalan, ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiruvchi texnologik alohidalangan hamkor korxona, tsexlar, bo’linmalar, yoki sho’ba va qaram korxonalarda tashkil qilingan buxgalteriya. Ikkinchi darajadagi buxgalteriya sanoat ishlab chiqarishi bilan shug’ullanadigan yirik aktsiyadorlik jamiyatlari, kompaniya, xolding va boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tsexlarga va bo’linmalarga xos bo’lgan buxgalteriya. Uchinchi darajadagi buxgalteriya, markazlashgan buxgalteriyaga briktirilgan bo’linmalarda, tsexlarda, uchastkalarda faoliyat yuritadigan axborot guruhlari. Yirik ishlab chiqarish korxonalarining (aktsiyadorlik jamiyatlari, trestlar, xoldinglar, birlashmalar) buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat taqsimotiga asoslanadi. 50 Buxgalteriya apparati xodimlari mehnat taqsimoti, ularning bajaradigan ishlarini turlari (xodimlarning bajaradigan funktsiyalari) va hisob ishlarini qanchalik tugallanganligi (yakunlanganlik) darajasi bilan belgilanadi. Buxgalteriyada hisob ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, tugallangan hisob jarayonini yoki ma’lum bir obhektni hisobga olish bilan belgilanadi. Bularning har birining yutug’i va kamchiliklari bor. Misol, bajaradigan ishlarini turlari bo’yicha mehnat taqsimoti sharoitida, hisob jarayoni detallashadi, natijada bajaruvchilar faoliyat sohasi cheklanib, hisob ma’lumotlarini aniqligi bo’yicha mahsuliyat bir qancha bajaruvchilar zimmasiga tushadi. Hisob ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, yuqori malakali buxgalterlarni talab etadi. Malakali buxgalter kadrlarni yetishmovchiligi amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalarni tashkil qilishga har doim ham imkon bermaydi. SHuning uchun amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalar deyarli uchramaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling