Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3. BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish deganda korxonalar xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy operatsiyalar haqida mukammal, ishonchli, aniq axborotlar olish va ishlab chiqarish resurslaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bo’yicha korxonada yaratilgan sharoitlar tizimi tushuniladi. Hisob ishlarini tashkil qilishda ma’lum bir qoidalarga rioya qilinadi. Xorij adabiyotlarida hisob ishini tashkil qilishning quyidagi qoidalari mavjudligi ko’rsatib o’tilgan 31 : 1. Mehnatning taqsimlanishi «Oddiy ish bajaruvchi» faoliyati. Bunda hisob va hisobot ishlari ma’lumotlarni yig’ish va guruhlashga yo’naltiriladi; 2. Ma’lumotlarni qamrab olish, hamma ish tezkor hisobni olib boruvchiga biriktiriladi. Ular hisob registrlarida xo’jalik jarayonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib boradilar; 31 . Соколов Ю.В.Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финанси и статистика, 1991 43 3. Nazoratdagi raqobat, bu hisob-kitob kaliti hisoblanadi. Unda ko’rsatkichlar solishtirilganda ular bir-birlariga mos kelishi kerak yoki buni manfaatlar to’qnashuvi, deb atash ham mumkin; 4. Haqiqiy buxgalteriya, ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi buxgalter jarayonlarni ro’yxatga olish jurnalini to’ldiradi va buxgalteriya yozuvini (pravodka) tuzadi; 5. Uslubiy mustaqillik, har bir firma va korxona buxgalteriya hisobini tashkil qilish uslubini o’z faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, o’zi belgilaydi. Qancha firma, korxona bo’lsa, shuncha hisobni tashkil qilish uslublari mavjud. Har bir xizmatchi yoki rahbar o’ziga mahqo’l hisob tizimini kiritish huquqiga ega; 6. Psixologik iqlim, rahbarning xodimiga ishonmasligi. Hisobning asosiy vazifasi ishchilar o’z manfaatlarini korxona manfaatidan ustun qo’yishining oldini olish bo’lib hisoblanadi. Buxgalterlar amaldagi hisob tizimiga korxona rahbarining roziligisiz hisob ishlarini tashkil qilishning boshqa usulni kiritish yoki amaldagi usulni o’zgartirish huquqiga ega emas. Korxonada buxgalteriya hisobini halqaro andozalariga moslashtirish rahbar monidan mahqo’llangan tamoyil va qoidalarga asoslanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonun, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish andozasi bilan belgilanadi. O’zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritish, tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni tuzish metodologiyasini hamda buxgalteriya hisobi milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bo’yicha rahbarlik O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti zimmasiga yuklatilgan. 44 Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir: 1. Buxgalteriya uchyotini yuritishning yagona metodologiyasini ishlab chiqish; 2. Buxgalteriya uchyotini yuritish va uni takomillashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish; 3. Buxgalteriya uchyotini yuritishni ilg’or shakllarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qilingan ishlarni nazorat qilish; 4. Buxgalteriya uchyotini yuritish bo’yicha tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan nizomlar, yo’riq xatlari va ko’rsatmalarni amaliyotga tadbiq qilinishi yuzasidan nazorat o’rnatish; 5. Korxonalarning joriy va yillik buxgalteriya hisobotlarining shakllarini ishlab chiqish, ularni tuzish va to’g’riligini tekshirish to’g’risidagi ko’rsatmalarni ishlab chiqish. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning 11 - moddasiga muvofiq Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subektining rahbari (korxona rahbari) amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi subektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: 1. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; 2. Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashti-rilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; 3. Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Buxgalteriya hisobi subektining rahbariquyidagilarni tahminlashi shart: 1. Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 2. Ichki nazorat tartibini; 3. Buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini; 4. Hisob hujjatlarining but saqlanishini; 45 5. Moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; 6. Soliq hisobotining tayyorlanishini; 7. Hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini; 8. “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning 12-moddasi talablariga rioya etilishini tahminlashi. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning 12 - moddasiga muvofiq buxgalteri hisobi ishlarini olib borish buxgalteriya hisobi xizmati rahbarigayuklatiladi. Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lib hisoblanadi va bevosita buxgalteriya hisobi subektining rahbariga bo’ysunadi. Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo’jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo’yicha talablari buxgalteriya hisobi subektining barcha xodimlari uchun majburiydir. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobi subektining buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Iqtisodiyoliy ma’lumotga ega bo’lish; 2. Oxirgi besh kalendar yildan kamida uch yilibuxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog’liq ish stajiga ega bo’lish; 3. Noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo’lgan taqdirda oxirgi o’n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog’liq ish stajiga ega bo’lish. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobi subektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o’tishini tahminlashi shart. 46 Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lishi mumkin emas. Quyidagilar buxgalteriya hisobini tashkil qilishni unsurlari bo’lib xizmat qiladi: 1. Korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatini ishlab chiqish va tadbiq etish; 2. Xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish ishlarini tashkillash; 3. Hujjatlar aylanishini yo’lga qo’yish; 4. Yo’qlama qilishni to’g’ri yo’lga qo’yish. Yirik korxonalarda (aksiyadorlik jamiyatlarida, trestlarda, konsenernlarda, xoldinglarda, kompaniyalarda va boshqa shu turkumga kiradigan korxonalarda) buxgalteriya hisobi markazlashgan va markazsizlashtirilgan shakllarda tashkil qilinishi mumkin. Markazlashgan buxgalteriya sharoitida sintetik va analitik uchyotishlarini olib borish korxonaning bosh buxgalteriyasida, bo’limlar, tsexlar taqdim etadigan birlamchi (jamlovchi) hujjatlar yoki ularga ilova qilingan ichki hisobot ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Markazsizlashtirilgan buxgalteriya sharoitida hisob ishlari, birlamchi hujjatlarni to’ldirishdan balans tuzgunga qadar, korxonaning bo’linmalarda, tsexlarda tashkil qilingan buxgalteriyalarda olib boriladi. Markaziy buxgalteriya, tsex, bo’lim balanslari va hisobotlari umumlashtirib korxonaning yig’ma balansi va hisobotini tuzadi hamda tsexlarda, bo’limlarda hisob ishlarini tashkil qilishga nazorat o’rnatadi. Buxgalteriya apparatini tashkil qilishda uning tarkibini to’g’ri aniqlash hisob ishlarini samarali olib borishga asos bo’ladi. Buxgalteriya apparati tarkibi ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish xususiyatlariga, hisob ishlari hajmiga va hisobning texnik vositalariga bog’liq. Korxona bosh buxgalteri buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish 47 korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining taxminiy xizmat lavozimi vazifalari qo’ydagi jadvalda keltirilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling