Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Mavzu bo’yicha nazorat savollari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1. Buxgalteriya hisobining huquqiy asoslari deganda nima nazarda tutiladi? 
2. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun birinchi marta qachon qabo’l qilingan? 
3. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning asosiy maqsadini yoritib bering.
4. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunda buxgalteriya hisobining qaysi 
tamoillariga rioya qilish ko’rsatib o’tilgan? 
5. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari qanday hujjat? 
6. Hozirgi kunda amal qilayotgan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini 
sanab bering.
7. Moliyaviy hisobotlarning xaqaro standartlarini sanab bering. 
8. Buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimlarini sanab bering.
9. Buxgalteriya ishlarini tashkil qilishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak? 
10. Buxgalteriya xisobini tashkil qilishning qanday shakillarini bilasiz? 
11. Markazlashgan buxgalteriya qanday buxgalteriya? 
12. Markazsizlashgan buxgalteriya qanday buxgalteriya? 
 


51 
3-MAVZU. BUXGALTER KASBIGA QO’YILADIGAN TALABLAR 
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: buxgalter, buxgalterlik kasbi, 
moliyaviy axborot, soliq, soliqchi, Nil daryosi, Mesopatamiya, moliyaviy 
axborotlardan foydalanuvchilar. 
1. BUXGALTERLIK KASBINING MOHIYaTI 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish buxgalteriya kasbining g’oyatda 
mahsuliyatli va mashaqqatli yekanligini ko’rsatmokda. Buxgalteriya 
kasbining sharafli va mashaqqatli kasb ekanligini tarixga bir nazar tashlash 
orqali ham sezish mumkin. Tarixiy manbaolardan ma’lumki hisobi ishlari 
taxminan eramizdan 4000 yil ilgari qo’ldorlik jamiyati negizida, uning 
xo’jalik faoliyati talablari asosida yuzaga kelgan
32

Ijtimoiy 
bosqichlarning o’zgarib borishi natijasida hisob obekti ham almashib 
turgan va dastlab foydalanilgan hisob uslubi bo’lgan inventarizatsiya, 
kontakorrent usuli bilan, ya’ni, xo’jalik jarayonida shaxslar orasidagi 
hisob-kitoblarni olib borish bilan to’uldirilgan
Moliyaviy axborotlarni
33
aks ettiruvchi yozuvlar ilk bor bundan 4000 
yil muqaddam qilinganligi aniqlangan. Xususan, misrlik er yegalari 
dalalarni sug’orishda Nil daryosi suvidan foydalanganliklari uchun don va 
boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan olingan hosillardan soliq to’lash 
bo’yicha hisob yuritishgan. Solikchi er yegalarining uy devorlarida 
to’langan soliq hamda tilxatni bildiruvchi belgilar yordamida yozuvlar 
qoldirishgan. Arxeologlarni fikricha Mesopatamiyadan topilgan loydan 
yasalgan qalamchalar va jadvallar ham ilk bor hisob tamoyillari paydo 
bo’lganligidan dalolat beradi. 
«Buxgalter» so’zi nemischadan olingan bo’lib, bux - kitob, xalter -
tutmoq, saqlamoq mahnosini anglatadi. Bu so’z ilk bor Germaniyada 
32
. Алексеев В. П., Першиц А. И. История первобытного обшества. ООО “Издательство Астрель” 2004 год, 
253-257стр. 
33
Алексеев В. П., Першиц А. И. История первобытного обшества. ООО “Издательство Астрель” 2004 год, 
253-257стр. 


52 
qullanila boshlagan. Buxgalteriya hisobi va nazoratining asosini Ovrupa va 
Amerika buxgalteriya yo’nalishlari tashkil yetadi.
Davlat (hukumat), moliya-soliq institutlari, investorlar, kreditorlar 
(banklar, sug’urta idoralari), ish beruvchilar va aholi buxgalterlar 
shakllantiradigan 
iqtisodiy 
axborotlarni 
foydalanuvchilari 
bo’lib 
hisoblanadilar. Xizmat vazifalarini bajarishda buxgalterlar o’z ishlariga 
mahsuliyatli qarashlari va halollik yuzasidan yondoshishlari lozim. Davlatni 
(hukumatni), jamoatchilikni, ishbilarmon doiralar vakillarini, moliyaviy hisobot 
tuzuvchilarni hamda boshqa soha xodimlarining ishonchlarini oqlash uchun 
buxgalterlar bir qancha vazifalarni bajaradilar. Malakali buxgalterlarni xulq-atvori, 
o’z kasbiga sidqidildan, malakaviy yondoshuvi jamiyatni iqtisodiy yuksalishiga 
tahsir etadi. Bu malakali buxgalterlardan jamiyatning qiziqishiga mahsuliyat bilan 
yondoshishni talab etadi. Malakali buxgalterlar mahsuliyatiga nafaqat mijozni yoki 
ish beruvchini balkim butun bir jamiyatni isteomolini qondirish kiradi. Bundan 
ko’rinib turibdiki buxgalterlik kasbining jamiyatda o’z o’rni bor. SHu o’ringa ega 
bo’lishi uchun buxgalterlik kasbini tanlagan har-bir shaxs o’z kasb mahoratini, 
ko’nikmasini oshirish ustida tinmay ishlashi talab etiladi. 
Buxgalter obro’li bo’lishlari uchun jamiyat ishonchini qozonib har doim 
yuqori saviyada xizmat ko’rsatishlari lozim, CHunki moliyaviy axborotlardan 
foydalanuvchilar malakali buxgalterlarning tijorat faoliyatlarining intizomli va 
obektiv axborotlariga tayanib ish yuritishadi. Butun dunyoda malakali buxgalterlar 
mana shunday maqsadlarga xizmat qiladigan yuqori saviyadagi xizmatlar 
ko’rsatishga qaratilgan ahloqiy qoidalarga rioya qilishlari talab etiladi. 
Bunday talablarni o’rnatishni hisobga olib Xalqaro Buxgalterlar 
Federatsiyasi 1998 yilda “Malakali buxgalterlar kodeksini” qabul qildi. 
Harakatdagi kodeks butun dunyo buxgalterlariga qo’yiladigan etik talablar va 
qoidalar yig’indisi bo’lib uch qismdan iborat: kodeksning “A” qismida keltirilgan 
tartiblar barcha malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi, “V” qismida 
keltirilgan tartiblar barcha amaliyotchi malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq 


53 
etiladi va “S” qismida keltirilgan tartiblar yo’llanma malakali buxgalterlar 
faoliyatiga tadbiq etiladi.
Buxgalterlik kasbining asosiy maqsadi eng yuqori malaka standartlar 
asosida yaxshi ish natijalarini tahminlash, jamiyat manfaatlari talabini 
bajarish bo’lib hisoblanadi. Har qanday malakali buxgalter bunday 
maqsadga erishishi uchun quyidagi to’rtta asosiy talabga rioya qilishi kerak: 
1. Ishonchlilik– jamiyatda, haqqoniy ishonchli axborotlar va axborotlar 
tizimiga talabni mavjudligiga; 
2. Professionallik – malakali bo’xgalterlarga bo’lgan talabning 
mavjudligiga; 
3. Xizmat sifati – malakali buxgalterlar ko’rsatadigan barcha xizmatlar 
yuqori sifat standart talabiga javob berishga bo’lgan ishonchga;
4. Ishonch – foydalanuvchilarda xizmat ko’rsatuvchi buxgalterlarda 
ahloqiy qoidalarni mavjudligiga ishonch hosil qilish. 
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi barcha malakali buxgalterlar 
uchun quyidagi axloqiy mehyorlar belgilab bergan: 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling