Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
1.
Vijdonlilik. Malakali buxgalter ish yuzasidagi barcha munosabatlarda insofli, andishali, chidamli, adolatli, vijdonli va halol bo’lishi kerak. Adolatlilik, vijdoniylik va halollik buxgalterlarni ish sifatini aniqlaydigan belgilardan biridir. Buxgalterning «halol» yoki «etarlicha halol emas»ligi oqibatida uchyot ishlarida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib qolishi ehtimoldan holi emas. Buxgalterni halolligiga chetdan doimo tahsir bo’lib turadi va u korxona jamoasini doimiy kuzatuv doirasida bo’ladi. Lekin mutaxassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har qanday vaziyatda ham o’zini tuta bilishi va to’g’ri yo’l tutishi kerakligini unutmasligi lozim. Buxgalter o’z kasbini ulug’lashi, hurmat qilishi, har qanday holatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim; 2. Xolislik. Malakali buxgalterdan korxona faoliyatida sodir bo’ladigan har qanday voqealikka har doim adolatli, holis va haqiqiy baho 54 berishi lozim. Buxgalter uning xolis, adolatli va haqqoniy bo’lishiga salbiy tahsir etadigan boshqa shaxslarning tahsiriga berilmasligi talab etiladi; 3. Yuqori malaka va puxtalik. Malakali buxgalterning malaka tayyorgarligi mehyoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Buxgalterdan ko’nikma va bilimga ega bo’lishlik, stantdartlar talabiga javob beradigan malaka doirasida, batafsil xizmat ko’rsatish talab etiladi. Buxgalter har bir ishni puxtalik, sinchkovlik va diqqat bilan bajarishi kerak. Bilimini va tajribasini to’liq ishlatishi hamda buxgalteriya va soliq hisobi ishlarini oxirgi o’zgarishlar va yangiliklar doirasida, yuqori malakada tashkillashi lozim; 4. Konfidentsiallik (maxfiylik)ni tahminlash. Malakali buxgalterdan xizmat vazifasiga kiradigan korxona axborotlarini sir saqlash va ularni maxfiyligini tahminlash talab etiladi. Maxfiy axborotlarni korxona rahbarining yozma roziligisiz yoki sudni qarorisiz uchinchi tomonlar oldida oshkor etmasligi lozim. Uchyot ma’lumotlarini oshkor qilish yoki tarqatish korxona uchun hech qanday moddiy yoki boshqa zarar yetkazmasa ham buxgalter maxfiylik tamoyiliga rioya qilishi kerak; Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling