Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. BUXGALTERIYA HISOBI JAMOAT TASHKILOTLARI, ULARNING ROLI VA AHAMIYATI
- O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi
5. Kasbga oid xulq-atvor. Malakali buxgalterdan ish faoliyatlarida huquqiy
– mehyoriy qonunlarga rioya etish, obru-ehtiboriga tahsir etuvchi har qanday harakatlardan voz kechish va shahniga dog’ tushirmaslik talab etilad; 6. Texnik andozalar. Malakali buxgalter xizmatlarini foydalanishdagi texnik va kasbiy andozalarga muvofiq ko’rsatishi lozim. Har bir buxgalterdan axloqiy qoidalarni bilishi va ularga qathiy rioya qilib xizmat ko’rsatishi talab etiladi. 2. BUXGALTERIYA HISOBI JAMOAT TASHKILOTLARI, ULARNING ROLI VA AHAMIYATI O’zbekistonda buxgalteriya hisobi bo’yicha ikkita jamoat tashkiloti, “O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assatsiyatsasi” va “Auditorlar palatasi” faoliyat yuritadi. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi. 55 O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assatsiyatsasi 34 1992 yili 17 yanvar kuni o’tkazilgan tasis konferentsiyasida qabo’l qilinib, O’zbekiston buxgalterlar assatsiyatsasi deb nomlangan edi. Assotsitsiya 13 mart 1992 yildan rasman faoliyat boshlagan. Tasis konferentsiyasida assatsatsiyani Ustavi, ijroiya qumitasi, ijroiya qumita byurosi va taftish komissiyasini saylangan. Usha kunga qadar assotsiatsiya 200 nafar ahzoga ega edi. O’zbekiston buxgalterlar assatsiyatsasi 1993 yili O’zbekistonda “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” qonun qabo’l qilingandan keyin “O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assatsiyatsasi” deb qayta tashkil qilindi. Bu davrga kelib uning ahzolari 4000 mingdan ziyodni tashkil qilgan. “O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiyatsasi”ning 2001 yili 22 may kungi qayta saylov – hisobot konferentsiyasida assotsiyatsiyaga ahzolikka kirish mezonlariga o’zgartirishlar kiritilib Ustavi angi tahrirda qabo’l qilindi va shundan boshlab assotsiatsiya “O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi” deb nomlandi (O’BAMA). Hozirgi paytda O’BAMAning filiallari, O’zbekistonning Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch, Farg’ona, Navoi viloyatlarida faoliyat olib boryapti. O’BAMA O’zbekiston Moliya Vazirligi bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha mehyoriy – huquqiy ho’jjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etib kelmoqda. O’BAMA 1998 yildan buyon hamdustlik mamlakatlarining Xalqaro jamoatchilik tashkiloti bo’lgan “Hamdustlik” buxgalterlar va auditorlar Assotsiyatsiyasining ahzosi bo’lib hisoblanadi. O’BAMA 2000 yildan buyon Xalqaro Buxgalterlar Assotsiyasining (IFAC) haqiqiy ahzosi. O’BAMA 2001 yidan buyon YeVROOSIYoNING sertifikatlangan 34 Assatsatsiya Toshkent xalq xo’jaligi institutining (hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining) “Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonov tashabusi bilan tashkil qilingan. 56 buxgalterlar kengashining haqiqiy ahzosi. O’BAMA buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish bo’yicha xalqaro dasturlarda aktiv ishtirok etib kelmoqda. O’BAMA asosiy maqsadi: ta’lim dasturlari, malaka oshirish kurslari, maslahat xizmatlari ko’rsatish asosida assotsiatsiya ahzolarini halqaro darajda olishlariga erishish va malakali buxgalterlarni haq - huquqlarini himoya qilish bo’lib hisoblanadi. O’BAMA asosiy vazifalari qo’ydagilar bo’lib hisoblanadi: 1. O’zbekiston respublikasida buxgalterlik va auditorlik kasbini rivojlantirish asosida ularning malakalarini xalqaro darajalarga muvofiqlashtirish va Xalqaro Buxgalterlar Assotsiyasining (IFAC) talablariga javob berishga erishish ; 2. O’zbekiston bozor islohatlarini utkazishda aktiv ishtirok etish; 3. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda aktiv ishtirok etish va ularni takomillashtirish bo’yiyaa takliflar berish; 3. Buxgalterlarni va auditorlarni malaka talablarini ishlab chiqish va IFAC talabi asosida sertifikat imtihonlarini o’tkazish; 4. Sertifikatli buxgalterlar kodeksining etik mehyorlari talablariga rioya etiliyotganligini nazorat qilish; 5. Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida xududlarda Xalqaro va Respublika konferentsiyalari, seminarlari va simpoziumlari tashkil qilish va utkazish; 6. Buxgalterlarni va auditorlarni kasbiy himoya qilish maqsadida uslubiy, maslahatlar berish; 7. Xalqaro buxgalterlar va auditorlarning kasbiy assotsiyalari bilan doimiy aloqa o’rnatish. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling