Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT IXTISOSLIGI BO’YICHA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
4. BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT IXTISOSLIGI BO’YICHA
O’QITILADIGAN FANLAR TIZIMI. “Buxgalteriya hisobi va audit” ixtisosligi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tizimi mutaxasislikning namunaviy o’quv rejasida ko’rsatiladi. Namunaviy o’quv reja tayanch oliy o’quv yurti tomonidan ishlab chiqiladi va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ixtisoslik bo’yicha o’qitiladigan fanlar o’quv rejasida 4 blokka ajratilgan holda keltiriladi: birinchi “Gumanitar va tabiy fanlar” blogida, “O’zbekiston tarixi”, ikkinchi “Umumkasbiy fanlar” 64 blogida “Kasbiy psixologiya”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Statistika”, “Ekonometrika”, “Mikro iqtisodiyot”, “Makro iqtisodiyot”, “Menejment”, “Moliya”, “Investitsiyalar va innovatsiyalar”, “Sug’urta ishi”, “Pul va banklar”, “Soliqlar va soliqqa tortish” va “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar”, uchinchi “Ixtisoslik fanlari” blogida, “Buxgalteriya hisobi”, “Audit, “Auditning xalqaro standartlari”, “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari”, “Moliyaviy tahlil” va “Byudjet hisobi”, to’rtinchi “Qo’shimcha fanlar” blogida, “”Baho va bahoni shakillantirish” hamda “Talaba tanlovi” bilan o’qitiladigan qo’shimcha fanlar nazarda tutilgan. Har bir oliy ta’lim muassasi namunaviy o’quv rejasiga binoan xududlarning xususiyati va kadrlarning buyurtmachilarini takliflarini inobatga olib ishchi o’quv rejasi ishlab chiqadilar. O’qish davomida o’quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan, tanishuv va malakaviy amaliyot natijalaridan ijobiy baho olgan talabalar OTM rahbarining buyrug’i asosida mutaxasisligi bo’yicha “Malakaviy bitiruv ish” himoyasiga qo’yiladi. Bakalavriat talabalari yo’nalishi o’quv rejasida jami 6480 soat o’quv mashg’ulotlari nazarda tutilgan bo’lib, shundan auditoriya soatlari 3600 soat(ma’ruza-1572 soat, amaliy mashg’ulotlari -1866 soat, labaratoriya mashg’ulotlari 52 soat, seminar mashg’ulotlari 110 soat, kurs ishlarini tayyorlash)ni va mustaqil ta’lim 2880 soatni tashkil etadi. Yo’nalish bitiruvchilari o’qish yakunida “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” va “Iqtisodiy tahlil” kabi mutaxasislik fanlarining biridan bitiruv malakaviy ish himoya qiladilar yoki davlat atestattsiyasi topshiradilar. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling