Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining 
taxminiy xizmat lavozimi vazifalari 
Xizmat lavozimi 
Xizmat vazifalari 
Bosh buxgalter 
Korxonada buxgalteriya ishini to’liq olib borilishini tashkillaydi, 
nazorat qiladi va xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. 
Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklardan to’g’ri foydalanish 
ustidan nazorat o’rnatadi. Xo’jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan 
rasmiylashtirishni qonuniyligini nazorat qiladi, ish haqini to’g’ri 
hisoblash va berilishi ustidan nazorat o’rnatadi. Byudjetdan 
foydalanishga nazorat o’rnatish, soliq to’lovlarining eng maqbul 
variantlarini tanlash va soliq hisobotlarini tuzish va topshirish. 
Korxona moliya-xo’jalik faoliyatiga tegishli bo’lgan qonunlarni 
buzilishini hamda kamomadlar va yo’qotishlar oldini olish, ular 
sodir bo’lganda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish va tergov-
sud idoralariga topshirish. 
Bosh buxgalter 
o’rinbosari 
Kassa va hisob raqami operatsiyalarini uchyotini olib boradi. 
Bosh buxgalter o’rnini bosadi. 
Ombor buxgalterlari 
Moddiy ishlab chiqarish zahiralarini, tayyor mahsulotlarni 
qiymatliklarni sotib olishni, ishlab chiqarishdan kelishini va chiqib 
ketishini hisobga olish bilan shug’ullanadi. 
Kassir 
Naqd pul mablag’larini harakati va unga tenglashtirilgan, 
qimmatli qog’ozlarni (aktsiyalarni, obligatsiyalarni, markalarni) 
uchyotga olish bilan shug’ullanadi. 
Ishlab chiqarish 
bo’limi buxgalteri 
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida, tsex 
boshliqlarining hisobotlari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini 
sintetik va analitik uchyotini yurgizadi, ishlab chiqaraligan 
mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini kalkulyatsiya qilish bilan 


48 
shug’ullanadi.
Hisoblashuv opera-
tsiyalari buxgalteri 
Debetorlar va kreditorlar, xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar 
bilan sodir bo’ladigan hisob-kitoblarni uchyotga olish bilan 
shug’ullanadi. 
Asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar 
buxgalteri 
Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa moliyaviy 
qo’yilmalarni harakati bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni 
hujjatlashtirish, amartizatsiya hisoblash hamda sintetik va analitik 
uchyotini olib borish bilan shug’ullanadi. 
Auditr 
Soliqlarning to’g’ri hisoblanganligini, hisob ishlarining to’g’ri 
tashkil qilinganligini nazorat qiladi, moddiy qiymatliklarni 
inventarizatsiya qilish bilan shug’ullanadi. 
Korxona ish faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa 
xizmat lavozimlari ham kiritilishi mumkin. Masalan: Faoliyatida import va eksport 
operatsiyalari ko’p bo’lgan korxonalarda “Buxgalter-ekspert” yoki katta 
korxonalarda “Buxgalter analitik” hisob ishlarini avtomatlashtirish va 
kompyuterlashtirish, kapital qurilishi va zaruriyat bo’lganda boshqa guruhlar ham 
tashkil qilinishi mumkin.
Buxgalteriya xizmati xodimlarining faoliyati bosh buxgalter tomonidan 
tuziladigan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan “Buxgalteriya apparati 
haqidagi nizom” talablari doirasida tashkil qilinishi lozim. Nizomda buzgalteriya 
apparatining maqsadi, vazifalari , uning korxonaning boshqa bo’linmalari bilan 
aloqasi va buxgalteriyada ishni tashkil qilish tartibi yoritiladi. Nizom buxgalteriya 
apparati.
Korxona boshqaruv tizimining xususiyatidan kelib chiqib buxgalteriya 
apparati ikki xil, markazlashgan va markazlashtirilmagan shakllarda tashkil 
qilinadi. Markazsizlashtirish darajasi bo’linmalarni va tsexlarni tarkibi hamda 
hisobning bajaradigan funktsiyalari bilan belgilanadi. 
Markazlashtirilmagan shaklda korxonaning markaziy buxgalteriyasi bilan 
bir qotorda, uning mustaqil bo’lgan va mustaqil bo’lmagan tarkibiy qismlarida. 


49 
Buxgalteriya guruhlari va bo’limlari, alohida tsexlar bo’yicha va 
korxona tarkibidagi birlashmalar shaklida tashkil qilinadi. 
Bajaradigan funktsiyalari bo’yicha buxgalteriya bir necha darajada 
tashkil qilinadi: 
1. Balans va moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanadigan to’liq 
hisob olib borishga mo’ljallangan buxgalteriya; 
2. TSexlar, bo’linmalar va birlashmalar faoliyatiga tegishli bo’lgan 
birlamchi hujjatlarni qabul qilib, ularga ishlov beruvchi, korxona xodimlari 
bilan hisob-kitoblarni olib boruvchi, moddiy qiymatliklarni haqiqiy 
mavjudligini, harakatini nazorat qiluvchi va hisobini olib boruchi hamda 
bo’linmaga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishni 
amalga oshiruvchi buxgalteriya; 
3. Birlamchi hujjatlarni to’g’ri tuzilganligini, moddiy javobgar 
shaxslarni hisobotlarini va videogramalarni to’g’riligini nazorat qiluvchi 
hamda hisob ma’lumotlari asosida har xil axborotlar beruvchi buxgalteriya. 
Birinchi darajaga kiradigan markazlashtirilmagan buxgalteriya yuqori 
darajadagi mustaqillikka ega bo’lgan tarkibiy tuzilmalarga xos bo’ladi. 
Masalan, ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiruvchi texnologik 
alohidalangan hamkor korxona, tsexlar, bo’linmalar, yoki sho’ba va qaram 
korxonalarda tashkil qilingan buxgalteriya.
Ikkinchi darajadagi buxgalteriya sanoat ishlab chiqarishi bilan 
shug’ullanadigan yirik aktsiyadorlik jamiyatlari, kompaniya, xolding va 
boshqarmalar tarkibiga kiruvchi tsexlarga va bo’linmalarga xos bo’lgan 
buxgalteriya.
Uchinchi darajadagi buxgalteriya, markazlashgan buxgalteriyaga 
briktirilgan bo’linmalarda, tsexlarda, uchastkalarda faoliyat yuritadigan 
axborot guruhlari.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining (aktsiyadorlik jamiyatlari, 
trestlar, xoldinglar, birlashmalar) buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi ularda 
faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnat taqsimotiga asoslanadi. 


50 
Buxgalteriya apparati xodimlari mehnat taqsimoti, ularning bajaradigan ishlarini 
turlari (xodimlarning bajaradigan funktsiyalari) va hisob ishlarini qanchalik 
tugallanganligi (yakunlanganlik) darajasi bilan belgilanadi. Buxgalteriyada hisob 
ishlarini qanchalik tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, tugallangan 
hisob jarayonini yoki ma’lum bir obhektni hisobga olish bilan belgilanadi. 
Bularning har birining yutug’i va kamchiliklari bor. Misol, bajaradigan ishlarini 
turlari bo’yicha mehnat taqsimoti sharoitida, hisob jarayoni detallashadi, natijada 
bajaruvchilar faoliyat sohasi cheklanib, hisob ma’lumotlarini aniqligi bo’yicha 
mahsuliyat bir qancha bajaruvchilar zimmasiga tushadi. Hisob ishlarini qanchalik 
tugallanganligini ifodolovchi mehnat taqsimoti, yuqori malakali buxgalterlarni 
talab etadi. Malakali buxgalter kadrlarni yetishmovchiligi amaliyotda bir xil 
mehnat taqsimotiga asoslangan buxgalteriyalarni tashkil qilishga har doim ham 
imkon bermaydi. SHuning uchun amaliyotda bir xil mehnat taqsimotiga 
asoslangan buxgalteriyalar deyarli uchramaydi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling