Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH Mavzu bo’yicha kalit so’zlar
Mavzu bo’yicha savollar
1. Xo’jalik hisobi haqida tushuncha bering. 2. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda xo’jalik hisobini ahamiyati nimada? 3. Xo’jalik hisobini paydo bo’lish tarixi haqida gapirib bering. 4. Buxgalteriya hisobini rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat? 5. Ikki yoqlama yozuvning asoschisi kim? 2-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: huquqiy asos, buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun, buxgalteriya hisobining milliy andazalari, buxgalteriya hisobining xalqaro andazalari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakillari, kitob shakli, jurnal shakli, memorial order shakli, jurnal-order shakli, kartochka shakli, buxgalteriya hisobining kartochkasiz shakli, buxgalteriya hisobining qog’ozsiz shakli. 1. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun ishlab chiqildi va qonun talablari doirasida buxgalteriya hisobi sohasidagi mehyoriy hujjatlar xalqaro andozalarda ko’rsatilgan talablarga muvofiqlashtiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” Nizom, O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Andozalari, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog’ida foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va boshqa mehyoriy hujjatlar ishlab chiqildi va bosqichma bosqich tadbiq etildi. Natijada buxgalteriya hisobining tashkil etishning qo’ydagi huquqiy mehyorlari yaratildi: 34 1. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar; 2. O’zbekiston respublikasida mulkchilik to’g’risida Qonuni; 3. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizom; 4. Xo’jalik yurituvchi subhektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 5. Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida Nizom; 6. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom; 7. O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom; 8. 1 yanvarg’ holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom; 9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlanganmol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom; 10. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom; 11. Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizom; 12. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 13. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining Qarori; 14. Тармоқ вазирликларининг бухгалтерия ҳисобини ташкил қилиш бўйича йўриқ хатлари, тармоқ хусусиятларини инобатга олиб ишлаб чиққан Низомлари ва бошқа меъёрий кучга эга бўлган кўрсатмалари. Buxgalteriya hisobidagi huquqiy boshqarish huquq mehyorlarini, huquqiy munosabatlarni, huquqiy javobgarlik va boshqa tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda huquqiy subektlar (korxonalar) bu elementlarga o’z munosabatlarini bildiradilar. Agar ularning munosabati ijobiy bo’lsa huquqiy hujjatlarda belgilangan to’g’ri xatti – harakatlar, agar ularning munosabati salbiy bo’lsa 35 noto’g’ri xatti - harakatlari yuzaga keladi. Ya’ni buxgalteriya hisobi va hisobotida huquqbuzarliklarni bo’lishiga yo’l ochadi. O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asosiy huquqiy baza bo’lib xizmat qiladi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislarini, shuningdek, korxona rahbarlariniing buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi asosiy vazifalari, maqsadlari, huquqlari va burchlari ko’rsatib berilgan. Bu qonun, korxona rahbarlari, buxgalterlari va boshqa mansabdor shaxslari uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilishni va hisobotlar tuzishni asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xalqaro amaliyoti, buxgalteriya hisobini mehyorlar yordamida boshqarishning quyidagi tizimlarini nazarda tutadi: Birinchi daraja–davlat miqyosidagi qonun hujjatlari. Bu darajaga Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunni kiritish mumkin; Ikkinchi daraja - uchyotni tashkil qilishning asosiy qoidalari. Mazkur darajada buxgalteriya hisobi tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog’liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin. Ikkinchi darajaga buxgalteriya hisobining tasdiqlangan va harakatdagi milliy andozalari kiradi. ; Uchinchi daraja turli idoralar tomonidan tarmoqlar xususiyatidan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha ishlab chiqilgan mehyoriy hujjatlar kiradi. Xususan, respublika Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog’i foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. Uchinchi darajaga respublika Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi 36 to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog’i foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. xilma - xil uslubiy ko’rsatmalar hamda tavsiyalar. To’rtinchi daraja korxona xususiyatidan kelib chiqib hisob siyosatini belgilash va hujjatlar oborotini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ish hujjatlari. To’rtinchi darajaga hisobot yilining boshida har bir korxona o’zi uchun tuzadigan va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hisob siyosati kiradi. Buxgalteriya hisobini boshqarish ana shu to’rt darajali tizim doirasida bo’lishi kerak. SHunday qilib, respublikada faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subektlarida qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi bosqichma-bosqich buxgalteriya hisobining halqaro tizimiga yaqinlashtirilmoqda. Buxgalteriya hisobi xo’jalik subektlari bilan birgalikda katta rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishiga va ularni boshqarish uchun kerak bo’lgan iqtisodiy axborotlarni tezlikda olish zaruriyatini tug’ilishiga olib keladi. Bu o’z navbatida, buxgalteriya hisobini, uning ilg’or usullarini va zamonaviy hisoblash texnikasini qo’llash yo’li bilan takomillashtirishni taqozo qiladi. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish birinchi navbatda uning tezkorlik(operativnost) darajasini oshirishga qaratilishi lozim.Hozirgi kunda buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi unchalik yuqori emas. Korxona moliya- xo’jalik faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobot davri tamom bo’lgandan keyingina olinadi. Ularni tegishli idoralarga tezlikda yetkazib bera olmaydi. SHuning uchun bunday ma’lumotlardan faqat keyingi hisobot davrlarida foydalanish mumkin. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining tezkorligini tahminlash hozirgi davr menejmentining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 37 O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi keyingi yillarda “Iqtisodiyot vazirligi”, “Davlistiqbolstat” qo’mita va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobini yuritishda ilg’or usul va shakillarni qo’llash, xalqaro andozalar zaminida milliy andozalarni ishlab chiqish va joriy qilish, persanal kompyuter texnikasini qo’llash asosida buxgalteriya uchyotini takomillashtirish masalalarida bir qancha ishlarni amalga oshiriliyapti. Hozirgi kunda халқаро бухгалтерия ҳисоби андазалари асосида moliyaviy buxgalteriya uchyotini tashkillash bo’yicha 24 ta milliy andoza ishlab chiqilgan. Ular quyidagilar: Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling