Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
-chizma. Xo’jalik hicobining funktsiyalari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
1-chizma. Xo’jalik hicobining funktsiyalari
Xo’jalik hisobining axborot berish funksiyasi korxonalarning faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor va qiymat ko’rsatkichlarda o’lchash va hujjatlarda qayd qilib borish bilan, nazorat qilish funksiyasi korxonalarning faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar ustidan nazorat o’rnatish va unga tahsir etish, tahliliy (analitik) funksiyasi esa, sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlarni umumlashtirish, guruhlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini tahlil qilish bilan izohlanadi. Korxonalar, firmalar, tashkilotlar, umuman barcha xo’jalik yurituvchi subektlar (keyinchalik korxona deb aytiladi) o’z faoliyatlarida moddiy (xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, binolar, transport vositalari, uskunalar va boshqa shu kabi moddiy resurslar), mehnat va moliyaviy resurslar hamda turli xil xizmatlardan foydalanadilar. Ularni moliyalash, ya’ni pulini to’lash lozim bo’ladi. SHuningdek, korxonalar faoliyatini amalga oshirishda, boshqarish uchun ko’plab axborotlar zarur bo’ladi. Bu axborotlarni hujjatlashtirish va qaydlash uchun zarur bo’lgan ishlar (kuzatish, o’lchash, qayd qilish) hisob olib borishni Axborot berish Nazorat qilish Tahlliliy (analitik ) 27 taqozo etadi. Amaliyotda xo’jalik hisobi ishlarini tashkil qilishning tezkor (operativ - texnik), statistika va buxgalteriya hisobi turlari mavjud. Hisob ishlarini tashkil qilishning bu turlari uzviy bog’langan bo’lib bir-biridan bajaradigan vazifasi, qaerda qo’llanishi va o’ziga xos uslublari bilan farq qiladi. Korxonalar faoliyatini boshqarish uchun har kuni ko’pdan-ko’p operativ (tezkor) axborotlar (ma’lumotlar) kerak bo’ladi. Masalan, neft mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan Farg’ona neft bazasi faoliyatini uzluksizligini tahminlash uchun neft mahsulotlari zahiralarini qoldiqlari, haridorlarning qarzi, xodimlarga ish haqi bo’yicha bo’lgan qarzdorliklar, boshqa korxonalarga bo’lgan qarzlar, sotilgan mahsulotlarning alohida turlari, mahsulotlarining qiymati hamda bankdagi o’z hisobidagi pullar va shu kabi boshqa axborotlar. Bunday axborotlar operativ-texnik hisobyordamida yetkazib beriladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling