Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Operativ-texnik hisob – korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni kuzatish, nazorat qilish va o’zining texnik vositalari yordamida yig’ish hamda qaror qabul qiluvchilarga yetkazib berish tizimidir. Operativ-texnik hisob yordamida boshqaruv uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar foydalanuvchilarga (menejerlarga, buxgalterlarga, tahminot bo’limi xodimlariga, korxona muxandislariga va boshqa tashqi foydalanuvchilarga) huquqiy maqomga ega bo’lgan hujjatlarni tuzmasdan ma’lumotnomalar yordamida yoki og’zaki holda, telefon, faks, telegraf, modem yoki internet orqali yetkazib beriladi. Operativ-texnik hisob sodir etilgan hodisa va voqealiklarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan o’lchab, korxonaning boshqaruv apparati xodimlarini hamda moliyaviy va boshqaruv hisobini ma’lumotlar bilan tahminlashga xizmat qiladi. O’zining oddiyligi bilan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi. Statistika hisobi- jamiyatda sodir bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatish, o’rganish va umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy 28 hodisalarni va voqealiklarni ommaviy kuzatib, sifat va miqdor jihatdan o’lchab hujjatlarda qayd qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealiklarni sifat va miqdor tomonlarini bog’lab o’rganish statistik hisobning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bo’ladigan ijtimoiy- iqtisodiy hodisalarni va voqealiklarni ommaviy kuzatish asosida o’rganib, sifat va miqdor jihatdan o’lchab hujjatlarda qayd qilish va umumlashtirish tizimidir. Misol qilib, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar oborotining bajarilishini nazorat qilish, ish haqi va mehnat unumdorligini oshishi, aholini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Statistika hisobida axborotlar kuzatish asosida o’rganiladi, sifat va miqdor jihatdan o’lchanadi, statistika hisobiga xos bo’lgan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va alohida belgilari bo’yicha guruhlanib hisobga olinadi hamda tahlil qilinadi. SHuningdek, statistika jamiyat taraqiyotining turli jarayonlarini va korxonalarning xo’jalik faoliyatlari natijalarini tahlil qilish asosida, ularning rivojlanish istiqbolini belgilab beradi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling