Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat o’lchov birligi
Natural o’lchov birligi - hisob obektlari holatini miqdor va sifat jihatdan
baholaydi: misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, albatta, ularning alohida navlari bo’yicha hisobga olinib, nuqsonli mahsulotlar alohida ko’rsatiladi. Natural o’lchov birligi, moddiy-qiymatliklarning harakati to’g’risida miqdor jihatdan ma’lumot berib, ularning omborlarda saqlanishi ustidan nazorat o’rnatadi. SHunga ko’ra, korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan hodisa va voqealiklarni tabiiy xossalari ya’ni hajmi, vazni, uzunligi, maydoni asosida hisobga olish natural o’lchov birligi deb aytiladi. Mehnat o’lchov birligi - vaqt birligi (soat, kun, oy) ichida mahsulot ishlab chiqarish mehyorlariga asoslangan. Unga “mehyor-soat” misol bo’ladi. Hisob obektlarini baholashda mehyor-soat, birinchidan, korxona mehnat xarajatlarini vaqt mehyorlari bilan o’lchash uchun, ikkinchidan, mehnat unumdorligini hisoblash uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchov birligida bajarilgan ishlar miqdori, kishi - soat, kishi - dona kabi o’lchovlarda hisobga olinib, bu ko’rsatkichlar mehnat unumdorligini aniqlashda foydalaniladi. Qiymat o’lchov birligi - natural va mehnat o’lchov birliklariga asoslanadi. Qiymat o’lchov birligida sodir bo’lgan iqtisodiy voqealik o’sha davlatning pul birliklarida o’lchanadi. O’zbekistonda qiymat o’lchov birligi sifatida so’m va tiyinlar qabul qilingan. Hisob obektlarini pulda o’lchash qiymat qonunini amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, unga so’m va tiyinlarda hisob yuritish misol bo’ladi. Pul, o’lchov birligi sifatida natural va mehnat ko’rsatkichlarini umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Qiymat o’lchov birligining afzalligi, korxonalar faoliyati sifat ko’rsatkichlarini shakllantirishda, sodir bo’ladigan xo’jalik operatsiyalarini qo’shish mumkin bo’lgan raqamlarda aks ettirishda, unumsiz xarajatlarni va ishlab chiqarishdagi 31 yo’qotishlarni topish va kamaytirishda, korxonalar xo’jalik faoliyatlariga baho berish ishlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Har bir fanning o’z oldiga qo’ygan maqsadi, vazifasi va funksiyasi bor. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir deb ko’rsatib o’tilgan. Iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini kirib kelishi, xalqaro integratsiyani kuchayishi, mulkka bo’lgan munosabatlarining o’zgarishi, korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatlariga xorijiy investorlarni kirib kelishi kabi jarayonlar buxgalteriya hisobi tizimida qo’shimcha vazifalarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotning rivojlanishida muhim hamda ajralmas bo’g’in hisoblangan korxona faoliyatini zamonaviy usullar bilan boshqarishda, korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’lumotlar korxonada tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi korxona buxgalteriyasining tarkibiy tuzilishiga, u erda faoliyat yuritayotgan buxgalter kadrlarning bilimiga, malakasiga hamda buxgalteriya hisobini jamiyatda bo’layotgan o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib, yangilanib borishiga bog’liq bo’ladi. Mehyoriy hujjatlarda keltirilgan va E’tirof etilgan buxgalteriya hisobini vazifalarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 1. Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlar to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 2. Korxonani samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 32 3. Soliqqa doir hisobotlarni va boshqa moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzish va tegishli idoralarga taqdim etish; 4. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tahminlash; 5. Korxona mulkini muhofoza qilish; 6. Korxona mablag’laridan foydalanishda iqtisodiy tejamkorlik tamoyilidan foydalanish hamda uni takomillashtirib borish. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni, korxona mablag’lari va uning tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tahminlash quyidagi ishlarni bajarish bilan izohlanadi: 1. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishiga tahsir etuvchi omillarini aniqlash; 2. Mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora pasaytirish omillarini topish; 3. Korxonada foydalilik darajasini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish; 4. Korxona biznes rejasini bajarilishini nazorat qilish. Korxona qaysi mulkchilik shakliga tegishliligidan qathiy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo’lishni tahminlashi lozim. Buxgalteriya hisobi oldida turgan vazifalar uning bajaradigan funksiyalarini belgilab beradi: 1. Korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini kuzatib borish; 2. Kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash; 3. Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; 4. Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash; 5. Xo’jalik jarayonlari ustidan nazorat o’rnatish va ularga tahsir etish. 33 Buxgalteriya hisobi bajaradigan funksiyalar korxonaning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbol ko’rsatkichlarini shakllantirish va bajarilishi ustidan nazorat olib borishni tahminlaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling