Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 XO’JALIK HISOBI TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNGA


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

8. XO’JALIK HISOBI TO’G’RISIDA TUSHUNCHA VA UNGA 
QO’YILADIGAN TALABLAR. 
Korxonalarning oldiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, tannarx, foyda, 
mehnat unumdorligi kabi turli xil reja ko’rsatkichlari qo’yiladi. Ularga doir 
vazifalarni bajarish korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatlari ustidan boshqarishni va 
tizimli kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish boshqarishning funksiyasi 
bo’lgan xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. 
Xo’jalik hisobi - kishilik jamiyati rivojlanishing barcha bosqichlarida 
mavjud bo’lgan va boshqaruvga xizmat qiladigan tizim bo’lib hisoblanadi. 
Arxeolog va tarixchilarning taxminicha, xo’jalik hisobidan eramizdan avvalgi 13 
asrda Misrda, 5-3 asrlarda Finlandiyada va Fors qo’ltig’i davlatlarida qo’llanilgan. 
Xo’jalik hisobini paydo bo’lishi va rivojlanishini kishilik jamiyatining 
vujudga kelishi bilan bog’lash mumkin. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, ibtidoiy 
jamoa tuzumida qabila boshlig’i o’z qabilasi ahzolarini sonini, ularning yemish 
uchun hayvonlarni ov qilishda ishtirokini va boshqa shu kabi hisob-kitoblarni 
amalga oshirgan. Qabila ahzolari tomonidan qilingan ovlar sonini mayda 


25 
toshchalarni ma’lum bir joyda yoki idishga to’plab hisob- kitob olib 
borilgan. Insoniyatni ibtidoiy avlodlari hisob qurollari sifatida dastlab qo’l 
barmoqlaridan, mayda toshchalardan, cho’pchalardan foydalanishgan. 
Ibtidoiy jamoa negizida mehnat taqsimotini yuzaga kelishi va yozuvni 
paydo bo’lishi, hisob olib borishda daraxt po’stlog’idan foydalanishga olib 
keldi. Hozirda ham har bir oilaning o’z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-
kitob yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha oilaning turmushi obod bo’ladi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, hisob insonlarning doimiy hamrohi va 
hamkoridir. 
Xo’jalik hisobidan insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo’ladigan 
voqeliklarni kuzatish hamda ular uchun xizmat qiladigan mehnat vositalari 
va mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadida foydalanilib kelingan va 
foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobi, eng avvalo, takror ishlab chiqarish 
jarayonini boshqarish va xo’jalik subektlari faoliyatiga rahbarlik qilish 
uchun zarur. 
Kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan, xo’jalik hisobining usullari va 
texnikasi o’zgarib borgan. Ayniqsa unga bo’lgan talab tovar ayirboshlash 
davriga kelib kuchaydi. CHunki tovar almashtirishning teng baholanishi 
uchun sotish (ayriboshlash) qanday ekvivalent tenglik asosida yuz bergan 
bo’lsa, sotib olish ham xuddi shunday qiymatlar tengligi asosida yuz berishi 
kerak. Tovar ishlab chiqaruvchining xo’jaligida bir isteomol qiymatidagi 
tovarni boshqa isteomol qiymatga, boshqacha qilib aytganda tovarni tovarga 
ayriboshlash yuz beradi. Bunday almashtirishning teng baholanishi uchun 
ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi 
miqdorini bilish talab qilinadi. Bunday ma’lumotlar xo’jalik hisobini yuritish 
bilan olinadi. 
Xo’jalik hisobi insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan va 
bo’ladigan hodisalarni kuzatish asosida, mehnat qurollari va mehnat 
buyumlarini hamda jonli mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadlari 
uchun xizmat qiladi. SHu bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi subektlarning 


26 
xo’jalik jarayonlariga tahsir etib, ularni rivojlanish istiqbollarini ko’rsatib beradi. 
Xo’jalik hisobi, korxonaning tasarrufidagi mablag’lardan takror ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanishda moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish, 
boshqarish va unga rahbarlik qilishga xizmat qiladi. Bunday tahrifdan xo’jalik 
hisobi bajaradigan quyidagi funksiyalarni belgilab olish mumkin (1-chizma). 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling