Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
7. BUXGALTERIYA HISOBINI MAKTABLARI HAQIDA
Buxgalteriya hisobini tadrijiy rivojlanishi jarayonida uning maktablari ham shakillanib bordi. Olimlarning E’tirof etishlaricha 29 buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida italg’yan, frantsuz, nemis va angliya - amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o’xshamaydi. Ularning ta’limotlarida buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, frantsuz maktabi vakillari aniq siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, 28 . Anor suvi birinchidan, inson badaniga tez singib qonga aylanib quvvat bo’ladi, ikkinchidan, badanga rohat baxsh etib, asablarni tinchlantiradi 29 . Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 263-265 betlar. 22 angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obhekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari ham turlicha. Buyuk Britaniya buxgalterlar maktabining namoyondalari Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya hisobi usullari rahbarning feol-atvoriga hamda dunyo qarashiga bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. SHu sababdan ham angliya - amerika buxgalteriya hisobi maktablarida yagona uslubiyotga amal qilinmaydi. Ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil mazmunga ega bo’lishi va biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari uchun hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlikni yo’qligi tufayli Angliya firma va kompaniyalari tez-tez bankrotga uchraydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlik tamoyilini amal qilmasligi sababli bu davlatda audit va uning rivojlanishiga alohida ehtibor beriladi. Mustaqillik davrida Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan hisob tizimi tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda. Mulkiy munosabatlarning erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subhektlar mustaqil o’z-o’zini boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining muhim hamda ajralmas qismi hisoblangan xo’jalik yurituvchi subhektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda ularning mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi subhektlarda tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi tashkil qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar 23 kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib boradi. O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Bu qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida xukumatimiz, olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko’plab uslubiy, ilmiy, nazariy, amaliy ishlar amalga oshirildi. Masalan, 1996 yil 30 avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi, Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. O’zbekistonda buxgalteriya hisobining Toshkent (namoyondalari: professor S. Qodirxonov, professor S .Valiev, professor S. Sotiboldiev, professor S. Yuldashev, professor I. Karimov, professor R. Xolbekov, professor A. Tuychiev va boshqalar), Samarqand (professor R. Abdullaev, professor K. O’rozov, professor M. Pardaev), Farg’ona (professor D. Qudbiev, professor I. Ismanov, professor A. Abdullaev) milliy maktablarini ajratib ko’rsatish mumkin. O’zbek buxgalteriya hisobi maktabining shakllanishida professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonovning qo’shgan hissasi juda kattadir. Domla birinchilardan bo’lib, 1970 yilda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” nomli darslikni rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi, 1976 yilda “Sanoatda korxonalarida buxgalteriya hisobi” nomli darsligi o’zbek tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993 yilda bu darslik qayta nashr qilindi. Hozirda bu o’quv-uslubiy qo’llanmalar O’zbekistonda buxgalter kadrlarni tayyorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonov jonkuyar ustoz sifatida ko’plab shogirdlar tayyorladi. Ular O’zbukiston iqtisodiyotini turli sohalarida samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Xususan: pensioner Galina Petrovna Grankina, O’zbekiston 24 qahramoni, iqtisod fanlari nomzodi SHukurjon Mamatqulov, TDIU “Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi” mudiri, , iqtisod fanlari doktori, professor Rasuljon Xolbekov, Farg’ona filoyati, Farg’ona tumani hokimi, iqtisod fanlari doktori Ilhomjon Nosirov, Farg’ona politexnika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedra dotsenti Najmiddin Toshmamatov va boshqa kuplab ilim ahillari. Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonovning bevosita tashabusi bilan 1992 yili “O’zbekiston Buxgalterlar Assotsiatsiyasi” tashkil qilinda. Assotsiatsiya buxgalteriya hisobini rivojlantirshda va milliy hisobchilikni barpo etishda kuplab yutuqlarga erishdi Hozirgava assotsitsiya tashabusi bilan buxgalteriya hisobining 24 andazasi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. Natijada milliy hisobchilik tizimi halqaro andazalar asosida modernizatsiya qilindi. Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonov bir nechta Respublika va Butun Ittifoq ilmiy anjumanlarini tashkilotchisidir. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling