Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANISHI HAQIDA


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

4. BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANISHI HAQIDA 
Kishilik jamiyat ahzolarining aloqalarini kengayishi hisobchilikning 
mazmuni va tarkibiga katta tahsir utkazib keldi, bu o’z navbatida buxgalteriya 
hisobini turli hil shakillarga o’zgarib mustaqil fan sifatida shakillanishiga va 
rivojlanishiga olib keldi. Natijada 19-asir ning ikkinchi yarimiga kelib buxgalteriya 
hisobi fani yuzaga keldi. Endilikda hujjatlar paydo bo’ldi. Buxgalteriya hisobi 


16 
obhekti sifatida sodir bo’lgan voqealik emas (og’zaki ko’rsatmaga binoan), balki, 
ular haqidagi axborotlar aks ettirilgan hujjatlar olinadigan bo’ldi.
Barcha fanlarni predmeti (Kant), metodi (Rikkeri), yoki maqsadi bo’yicha 
(Bogdanov) guruhlash mumkin
21
. SHuni E’tirof etish lozimki, buxgalteriya 
hisobining o’rganadigan predmeti - korxona, obhekti – korxonalar faoliyatlarida 
mavjud bo’lgan mablag’lari, mablag’larining manbaolari va ularning 
majburiyatlari hamda ularni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy voqealiklar, 
o’zining metodi – modellashtirish va o’zining maqsadi – qiymatliklarni saqlashni 
tahminlash va xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash mavjud.
Buxgalteriya hisobini tarixiiy rivojlanishi jarayonida hisob axli qo’ydagi 
vazifalarni u yoki bu darajada hal qilishdi: 
1. Buxgalteriya hisobini axborot bazasini kengaytirishdi; 
2. Buxgalteriya hisobini aniqlik darajasini oshirishdi; 
3. Buxgalteriya hisobini yuritishni yanada soddalashtirishda; 
4. Hisobchilikni kompg’yuterlashtirish asosida buxgalteriya hisobini yuritish 
xarajatlarini kamaytirish asosida uning tannarxini orzonlashtirishdi; 
5. Korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy voqealiklar haqida 
zamonaviy usullarda axborotlar olishni tahminlashdi. 
Bu vazifalar bir-birini inkor etuvchi bo’lganligi sababli buxgalteriya hisobi 
har doim ham yetarlich to’g’ri axborotlar bera olmaydi, yoki har doimam arzon va 
hamma foydalana oladigan oddiy va zamonaviy bo’la olmaydi. Bunday 
qaramaqarshiliklar azaldan mavjud, chunki, mulkdorni, boshqaruvchini, hisobdor 
shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlari bir-biriga zid, bunday qarama-
qarshilik buxgalteriya hisobida o’z aksini topishi turgan gap. SHuning uchun ham 
amaliyotda kimlardir har doim ham buxgalterlardan hursand bo’lishmaydi, kerak 
bo’lsa, ularni nourin haqorat qilish hollari ham uchrab turadi. Albatta bunday 
qaramaqarshiliklar oz bo’lsa ham haqiqatni, to’g’rilikni bo’lishini tahminlaydi. 
SHuningdek, sohani nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirishga turtki
rag’batlantiruvchi omil bo’ladi.
21
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 6 бет.


17 
Haqiqiy buxgalter hisobchilik metodologiyasida haqiqiy holatni buzib 
ko’rsatadigan holatlar mavjudligini ko’ra bilishi va dastlabki hujjatlarni 
to’ldirishda, hisob registrlarini yuritishda mulkdorlarni, boshqaruvchilarni
hisobdor shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlarini hisobga olishi kerak. 
Buxgalteriya hisobi tarixiga manashunday qarama-qarshi fikrlarni, qarashlarni 
bartaraf etishning to’g’ri javoblarini topish yo’llarini ko’rsatib beradigan fan 
sifatida qarash lozim.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling