Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
2. KITOBDA HISOB YURITISHNI PAYDO BO’LISHI VA
RIVOJLANISHI “Buxgalter” so’zi nemischa “Bux-kitob va Halter–ushlovchi” so’zlarining birikmasidan olingan bo’lib, kitob yurituvchi mahnosini anglatadi. SHunga ko’ra buxgalteriya so’zidan kitob yurgizadigan joy, buxgalter so’zidan esa, kitob yurituvchi shaxs mahnosida foydalanib kelinmoqda. Bu ibora (buxgalter atamasi) 13 Paryzinski zdzislaw. Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, с. 12. 14 Paryzinski zdzislaw. Prekursotzizawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, 12 б. 15 Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950. 312 б. 16 Betriebswirtschaft. 1982. - №2.54-55 б. 17 Tessier Andre. Documents komptables de la France antique. Revue 1964/ -№53. Галаган А.М. Общее счетоведение. Вып. 1. – Москва, 1930 год. 18 Guo Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2 11 X1 asrda paydo bo’lgan. Ammo buxgalteriya hisobining kelib chiqishi va rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Kitob yuritish haqidagi ta’limot Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga bundan yaqin 1500 yil muqaddam Ollohdan vaxiy kelgan. “Baqara” surasining 282 oyatida Olloh shunday marhamat qiladi: “Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilinadi, chunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish oson bo’ladi. Tarixiy manbaolarda E’tirof etilishicha Xitoyda hisob ishlarini tashkil qilishning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari aniqlangan. Eramizning 7-13 asrlariga kelib Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishning rivojlangan tizimi yuzaga kelgan. Hisob xodimlarining faoliyati qiymatliklarning kirimi, chiqimi va qoldig’i aks ettiriladigan uchta bo’limga muvofiqlashtirilgan. Birinchi va ikkinchi bo’limda faoliyat olib borgan xodimlar moddiy qiymatliklarning harakatini hisobga olish bilan shug’ullanishgan, uchinchi bo’limdagilar esa, inventarizatsiya utkazgan, moddiy qiymatliklarning naturadagi miqdorlarini aniqlashgan. Lekin ularning hisob ma’lumotlarini bilishmagan. Haqiqiy holatdan faqat yuqori administratsiya xabardor bo’lgan. Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishda turt ustunli nomi bilan atalgan tizimidan foydalanilgan: K– CH ═ Qb - Qo, Qaerda: Q – kirim; CH – chiqim; Qb – boshlang’ich qoldiq; Qo - keyingi qoldiq. Buxgalteriya hisobi bo’yicha Xitoyning hozirgi olimlari bu formulada ikki 12 yoqlama yozuvning asoslari mavjudligini E’tirof etishgan. Gretsiya va Rimda hisob registrlarining ancha rivojlangan va takomillashgan - kitob shakli uchraydi. SHarara - Russo 19 greklar hisob yuritishda ikkita registrdan, jurnaldan va kitobdan, rimliklar esa, shu tajribadan foydalanishgan deb taxmin qilgan. Buxgalterlik lavozimi imperator Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug’iga binoan birinchi bo’lib, Insburk schyotlar palatasininng ish yurituvchisi Xristofor SHtexerga berilgan. Buyruq Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. 1498 yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” degan terminlar eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo’llana boshladi. 1732 yil 11 sentabrda Kommers – Kollegiyaning buyrug’i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib Gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo’lgan boshqaruv xodimi hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo’lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning bo’limi(guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani barcha bo’limlarini boshqaradi. Buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini bilishlik, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzishni, moliyaviy va boshqaruv faoliyatni tahlil qilishni, korxona faoliyatining barcha sohalarni chuqur bilishlik va boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi. Buxgalteriya hisobi har qanday korxonaning iqtisodiy siyosatini shakllantirishning yagona mexanizmi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini paydo bo’lish va rivojlanish tarixi haqida iqtisodiy adabiyotlarda turli xil qarashlar mavjud 20 . 19 Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47. 20 Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. Paryzinski zdzislaw. Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950, Betriebswirtschaft. 1982. - №2, Tessier Andre. Documentskomptables de la France antique. Revue 1964. №53, Guo Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, Guo Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47, Bedford N., Bolduene B. A communication theori approachto accoutanci. The accouting Review. -1962- V. 37. - № 4. 133., Nажмиддин Toshmamatov Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. “Navruz”. 2017 yil 380 bet., Н. 13 O’zbekistonda oliy ma’lumotli buxgalterlar Toshkent, Samarqand va Farg’ona maktablarida, o’rta maxsus ma’lumotli buxgalterlar Respublikaning barcha viloyatlarida ko’plab tashkil etilgan kollejlarda va texnikumlarda tayyorlanadi. Buxgalteriya hisobi hisob ishlarining yuqori darajadagi shakli bo’lib, tarix asirlar davomida uning oldiga usha davr bilan bog’liq bo’lgan turli mazmundagi masalalarni qo’ydi va qo’yib kelmoqda. Buxgalteriya hisobi ilmiy kategoriya majmuasi va schyot yuritish tizimi sifatida korxonalarda tashkil qilinadigan buxgalteriya va uning apparati bajaridigan ishlar doirasini belgilab beradi. Hisbchilik insoniyatni ongli rivojlanishi jarayonining mahsuli sifatida uning o’ziga xizmat qiladi. SHuning uchun hisobchilikning paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi olamni va insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaymiz. Buyuk Ovrupalik iqtisodchi olim B. Solazano tahkidlaganidek: “Buxgalteriya hisobi barcha fanlar va sanahtlardan yuqori turadi, chunki hamma unga muhtojdir u esa hech kimga muhtoj emas. Buxgalteriya hisobisiz dunyoni va jamiyatni boshqarish mumkin emas, usiz odamlar bir-birini tushuna olmaydi”. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling