Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
ega bo’lib, iptidoy odamlarning so’z leksikonlarida “seniki” va “meniki”
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
ega bo’lib, iptidoy odamlarning so’z leksikonlarida “seniki” va “meniki”
so’zlarining paydo bo’lishi va mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Arxeologlarning tasdiqlashlaricha eramizgacha bo’lgan 4-3 ming yilliklarda mehnat unumdorligini o’sishi va uning ixtisoslashuvi natijasida ishlab chiqaruvchilar bozorda ayriboshlash uchun ham mahsulot ishlab chiqara boshlashdi. Natijada jamoa va shaxsiy mulkchilikni o’rniga xususiy mulkchilik shakillana boshladi. Dastlab shaxsiy mulk bahzi bir oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmadchilik buyumlari, xo’jalik anjomlari va qurol aslaha, chorvo bilan shug’ullanadigan xalqlarda esa, chorva hayvoni sifatida jamg’arilgan. Bu davrga kelib ayriboshlashni paydo bo’lishi va rivojlanishi jamg’armalarni natura shaklidagi isteomol qiymatda emas, balkim usha joylarda umum qabo’l qilingan pul vazifasini bajaradigan qimmatbaho buyumlar ekvivalenti sifatida ham saqlashgan. Hisob yuritish texnikasi, hisob registiri bilan farq qilgan. Asrlar davomida hisob registrlari hisobga olish texnikasini belgilab bergan va hisob haqidagi fikrlarga tahsir etgan. Qadimiy Yegipetdagi dafn qilinganlarga tegishli bo’lgan buyumlarda tugmasimon, turtburchak va tsilindrsimon 11 belgilar borligi aniqlangan. Hisob yuritish kategoriya sifatida dast avval savdo bilan shug’ullanuvchi (savdogarlar) faoliyatida mavjud bo’lgan. Keyinchalik, kishilik jamiyatining iqtisodiy rivojlanishi jarayonida, ishbilarmon odamlar doirasda, muxandislar hamda korxonalarni boshqaruvchilar faoliyatiga kirib bordi. Siniflarni paydo bo’lish davrida, malakali yoki past malakali savdogarlarni paydo bo’lishi, uchinchi yirik mehnat taqsimotini yuzaga keltirdi 12 . Masalan, eramizdan oldingi 4 minginchi yilda Old Osiyoning Fors qo’ltig’i hududidagi Yefrat va Yulbars daryolarini qo’yi oqimidagi vodiyda joylashgan SHumerda 3600 yil ilgari savdo bilan shug’ullanuvchi tabaqalar paydo bo’lgan va tez suratlar 11 В. П. Алексеев ва А. И Першиц История первобытного общества. М., «Астрель», 2007 год, стр. 261-262. 12 В. П. Алексеев ва А. И Першиц История первобытного общества. М., «Астрель», 2007 год, стр. 267. 10 bilan rivojlangan. Ular junatgan tovarlarini sifat va miqdorini hisobga olishda ichiga sharchalar solingan chiroyli qilib ishlanggan loy idishlardan foydalanilgan. Usha yerda eramizdan 3200 yil oldin loydan yasalgan jadvallarda yoki bambuk daraxtining pustlog’ida hisob yuritila boshlangan 13 . Ovrupalik olimlar birinchi savdo muomilalari eramizdan avval 3600 yil muqqadam SHummerda toshlarda qayd etilganini yozishgan 14 . Keyinchalik eramizdan avval 3200 yillardan boshlab u yerda loydan va papiruslardan tayyorlangan jadvallarda hisob ishlari olib borilgan 15 . Bu jadvallar asosiy hisob registiri bo’lib hisoblangan. Hisob ma’lumotlarini tashuvchi boshqa vositalar ham mavjudligi topilgan, xususan, 1897 yili eramizdan 5000 yil avval schyotlarni olib borish uchun fil suyaklaridan yasalgan jadvallardan, temir va sopol idishlardan foydalanilganlk ham aniqlangan: misol, qadimiy Hindistonda birlamchi hujjat vazifasini bajaruvchi mayda toshchalarni krujkalarga solib hisob yuritishgan 16 . Gretsiya va Rimda asalari mumi jadvallaridan, misdan tayyorlangan doskalardan, teridan, matodan, papirus va pergamentlardan, Galida - keramikadan tayyorlangan plitkalardan va kulolchilik qalamchalaridan foydalanishgan 17 . Buxgalteriya hisobi bo’yicha bahzi bir tarixiy adabiyotlarda duniyoning SHarq mintaqasida hisob ishlarini tashkil qilish Ovrupa davlatlariga nisbatan ancha yillar oldin, eramizdan avvalgi 8000 yillarda, mavjud bo’lganligi ham bashorat qilingan 18 . Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling