Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Aktivlar hisobga olinadigan schyotlar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Aktivlar hisobga olinadigan schyotlar. Bu schyotlar turli xil qiymatliklarni 
kо‘payishini yoki kamayishini kо‘rsatadi. Eng kо‘p foydalaniladigan aktivlar 
hisobga olinadigan schyotlarga quyidagi schyotlar kiradi:
“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” – bu guruhga kiruvchi 
schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalarni 
harakatini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Schyotlar rejasida asosiy vositalarning 
alohida turlari yoki bir xil guruhlari uchun alohida schyotlar belgilangan. Masalan: 
“Yer”, “Binolar, inshoatlar va uzatuvchi qurilmalar”, “Mashina va jihozlar”, 
“Mebel va ofis jihozlari”, “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”, “Transport 
vositalari”, “Kо‘p yillik bog‘lar” va boshqalar. 


293 
“Lizing shartnomasi bо‘yicha moliyalashtirishdan olingan asosiy vositalar” - 
bu guruhga kiruvchi schyotlar ijarachi korxonada ishlatiladi va lizing shartnomasi 
bо‘yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar harakati tо‘g‘risidagi 
axborotlarni qayd qilish uchun xizmat qiladi. 
“Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar” - bu guruhga kiruvchi 
schyotlar korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan nomoddiy aktivlarni 
harakatini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Odatda har bir turdagi nomoddiy aktiv 
uchun alohida schyot ochiladi, misol “Patentlar, ruxsatnomalar va nou-xau”, 
“Dastur ta’minotlari”, “Mualliflik huquqi”, “Yerdan va tabiiy resurslardan 
foydalanish huquqi” va boshqalar. 
“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” - bu guruhga kiruvchi schyotlar 
korxonaning asosiy faoliyatida foydalaniladigan xom-ashyo zahiralari, materiallar, 
sotib olingan yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idishlar, 
ehtiyot qismlar va boshqa shu kabi qiymatliklar va ularning harakati tо‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni hisobga olish uchun xizmat qiladi. Har bir turdagi moddiy qiymatlik 
uchun alohida schyot ochiladi, misol “Xom ashyo va materiallar”, “Sotib olingan 
yarim tayyor mashulotlar va butlovchi buyumlar”, “Yoqilg‘i”, “Idishlar”, “Ehtiyot 
qismlar” va boshqalar. 
“Kassa” – korxona kassasidagi naqd pullar va unga tenglashtirilgan 
mablag‘larni harakatini qayd qilish uchun ishlatiladi. Bu mablag‘larga tangalar, 
valyutalar, cheklar, markalar va shu kabilar kiradi. 
“Olinadigan schyotlar” – yuklab jо‘natilgan va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun 
kelgusida qilinadigan tо‘lovlarni hisobga olish uchun ishlatiladi. 
“Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tayyor mashulotlar va 
ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi. 
“Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar”- tovar-moddiy qiymatliklar va 
ularning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling