Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BALANS BILAN SCHYOTLARNING ALOQASI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

6. BALANS BILAN SCHYOTLARNING ALOQASI. 
Buxgalteriya balansi korxona xо‘jalik mablag‘larini, xо‘jalik mablag‘lari 
manbaalarini va ularning majburiyatlarini hisobot davrining ma’lum bir kuniga pul 
ifodalarida umumlashtirib kо‘rsatib beruvchi ikki tomonlama jadvaldir.
Korxonalar moliya-xо‘jalik faoliyatida sodir bо‘ladigan iqtisodiy jarayonlar 
ularning xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik mablag‘lari manbaalarini о‘zgarishga olib 
keladi. Xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida xо‘jalik mablag‘lari va xо‘jalik mablag‘lari 
manbaalari yuz beradigan о‘zgarishlarning joriy hisobi schyotlar yordamida 
yuritiladi.
Schyotlar tizimi bilan balans о‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Bu 
bog‘lanish shundan iboratki, ma’lum sanaga tuzilgan balans ma’lumotlariga 
asoslanib uning alohida moddalarga schyotlar ochiladi. Hisobot davri (chorak, yil) 
о‘tgandan keyin schyotlarning oxirgi qoldig‘iga asosan yana buxgalteriya balansi 
tuziladi. 
7. SCHYOTLARNI TURKUMLASH TAMOYILLARI. 
Xо‘jalik subyektlarining moliya-xо‘jalik faoliyatlarini amalga oshirishda 
buxgalteriya hisobining bir qancha schyotlaridan foydalaniladi. Korxona 
faoliyatida foydalaniladigan buxgalteriya hisobi schyotlari, xо‘jalik mablag‘lari, 
ularning tashkil topish manbaalari va xо‘jalik jarayonlarini guruhlashni ta’minlashi 
lozim. Shuningdek schyotlardagi yozuvlar xо‘jalik jarayoniga amaliy ta’sir 
kо‘rsatishi va uning ustidan nazorat olib borish uchun kerakli ma’lumotlarni 
umumlashtirishi kerak. 


296 
Buxgalteriya 
hisobining barcha schyotlari korxonadagi xо‘jalik 
mablag‘larini yoki ularning tashkil topish manbaalarini yoki xо‘jalik jarayonlarini 
hisobini olib borishga mо‘ljallangan. Namunaviy schyotlar rejasida keltirilgan 
schyotlarning kо‘pchiligi korxona faoliyatida ishlatilmasligi mumkin. Korxona 
buxgalteriya hisobida qо‘llaniladigan schyotlarni, uning ish xususiyatidan kelib 
chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqishda namunaviy schyotlar rо‘yxatidan 
ajratib olishi zarur. Shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlaridan amaliyotda 
yanada tо‘liqroq foydalanishga erishish uchun, ularni, tayinlanishi, tuzilishi va 
iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratib о‘rganish, maqsadga muvofiq 
bо‘ladi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling