Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga 
ajratish - bunda schyotlarda nimalar hisobga olinishi e’tiborga olinadi. Bunday 
guruhlash xо‘jalik mablag‘larini, ularni tashkil topish manbaalarini hamda xо‘jalik 
jarayonlarining holati va harakatini aks ettirishda qaysi schyotlardan foydalanish 
zarurligini kо‘rsatadi. Namunaviy schyotlar rejasini tuzishda schyotlarning 
iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratish asos qilib olingan. Buxgalteriya 
hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga kо‘ra turkumlarga ajratish asosida 
buxgalteriya hisobi obyektlarining xо‘jalik mablag‘lariga, mablag‘larning 
manbaalariga va xо‘jalik jarayonlariga bо‘linishi yotadi. Bu jihatiga kо‘ra 
schyotlar xо‘jalik mablag‘larini, mablag‘larni tashkil topish manbaalarini va 
xо‘jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlarga bо‘linadi. 
Xо‘jalik 
mablag‘larini 
hisobga 
oluvchi 
schyotlardan 
xо‘jalik 
mablag‘larining holati va harakatini aks ettirish hamda ular ustidan nazorat olib 
borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish 
faoliyati, ishlab chiqarishda bо‘ladigan xarajatlar, xо‘jalik faoliyati natijasida 
olingan foyda summasining taqsimoti, muomala munosabatlari va ishlab 
chiqarishga tegishli bо‘lmagan sarflar hisobga olinadi. Bunday maqsadlar uchun 
schyotlar rejasida “Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli 
qо‘yilmalar”, “Tovar - moddiy zahiralar”, “Tayyor mashulotlar va sotish”, “Pul 
mablag‘lari” degan schyotlar guruhi nazarda tutilgan. 


298 
Xо‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi 
schyotlarda xо‘jalik subyektlarining о‘z mablag‘lari manbaalari, ularning 
oborotiga jalb qilingan mablag‘lar manbaalari va ularning xо‘jalik faoliyatidan 
olinadigan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. 
Korxonalarni о‘z mablag‘lari manbai bо‘lib, har xil kapital va zahiralar 
xizmat qiladi. Bu guruhi schyotlari yordamida mavjud kapital va zahiralar hamda 
ularning о‘zgarishi, shuningdek, ulardan foydalanishga doir kо‘pgina 
umumlashtiruvchi ma’lumotlar olinadi. 
Korxona faoliyatiga jalb qilingan mablag‘larning manbaalarini aks 
ettiriruvchi schyotlar amaldagi schyotlar rejasida alohida guruhga ajratilgan, bu 
schyotlarda banklarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari, mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilar hamda har xil kreditorlar bilan hisob-kitoblar, qisqa muddatga 
olingan qarzlar va boshqalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu 
schyotlar “Hisob kitoblar”, “Kreditlar va mablag‘ bilan ta’minlash” degan 
bо‘limlarda keltirilgan. 
Bundan kо‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy 
mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan 
obyektlarning iqtisodiy mazmunini birligi asos qilib olinadi. Shuning uchun ham 
iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan schyotlarning tayinlanishi va 
tuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling