Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
8. OBOROT QAYDNOMALARI VA ULARNI TAVSIFI. Iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikki qismga bо‘lib kо‘rsatiladi: birinchi qism, joriy hisob, ikkinchi qism, moliyaviy hisobotlar tuzish. Joriy hisobga odatda, sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishdan toki buxgalteriya pravodkalarini schyotlarga yozib chiqish oralig‘ida amalga oshiriladigan ishlar kiritiladi. Xususan, xо‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishga, buxgalteriya hisobi registrlariga va Bosh kitobga yozishga, sintetik va analitik schyotlarning hisobot davri oxiriga qoldiqlarini topishga joriy 299 hisob, deb qaraladi. Shunga kо‘ra, korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik jarayonlarini hujjatlashtirish va ularni buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilib borish joriy hisob, deb aytiladi. Hisobot davri tugagandan keyin (yoki zaruriyat tug‘ilganda) korxonalar belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlar tuzishadi. Buning uchun hisobot davrining oxirida barcha schyotlar bо‘yicha ma’lumotlar jamlab chiqiladi va ularning hisobot davri oxiriga qoldiqlari hisoblab topiladi. Bunday umumlashgan ma’lumotlaridan balans va moliyaviy hisobotlarni tuzishda, shuningdek, korxona faoliyati boshqaruviga taalluqli bо‘lgan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Qarorlar qabul qilish va hisobotlar tuzish uchun zarur bо‘lgan joriy hisob ma’lumotlarini tо‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun hisobot davrida foydalanilgan schyotlarning ma’lumotlari jamlab chiqilib qoldiqlari topiladi va schyotlarning umumlashgan ma’lumotlari asosida oborot qaydnomasi tuziladi. Shunga kо‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilishni uch qismga bо‘lish maqsadga muvofiq: joriy hisob, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash (joriy hisob tо‘g‘ri yurgizilganligini tekshirib kо‘rish maqsadida sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnomalari tuzish) va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish. Sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha aylanma qaydnomalar,joriy hisobni tо‘g‘ri olib borilganligini bilish maqsadida, hisobot davri tugagandan keyin ma’lumotlari jamlab chiqilgan va qoldiqlari topilgan sintetik va analitik schyotlarning ma’lumotlari asosida tuziladi. Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi о‘zida quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi: schyotlar nomi va shifri; hisobot davrining boshiga qoldiq; hisobot davrining oboroti; hisobot davrining oxiriga qoldiq. Hisobot davri boshiga qoldiq summalar, о‘tgan davrdagi sintetik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnomaning oxirgi qoldig‘idan, schyotlarning hisobot davridagi oboroti va oxiriga qoldiq summalari sintetik schyotlardan kо‘chirib yoziladi. Quyida sintetik schyotlar oborot qaydnomasini tuzilishi keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki, sintetik schyotlar oborot qaydnomasida summalari bir-biriga teng uch juft ustun mavjud. 300 Birinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining tо‘rtinchi ustun summalarining jami, beshinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik о‘tgan hisobot davrining balansidan yoki xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbaalarining tengligidan kelib chiqadi. Chunki, schyotlarning oy boshiga qoldig‘i о‘tgan hisobot davrining balansidan olib yoziladi. Agar bu ustunlar tengligi buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 1. Oborot qaydnomasining tо‘rtinchi, beshinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 2. Schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozish tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 3. О‘tgan hisobot davri balansidan schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini kо‘chirib yozilganligi tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy boshiga qoldig‘ini о‘tgan hisobot davr balansidan kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. Ikkinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining oltinchi ustun summalarining jami, yettinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik xо‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida ikki yoqlama yozish usulidan kelib chiqadi. Bunda har bir xо‘jalik operatsiyasi bir schyotning debetiga, ikkinchi bir schyotning kreditiga teng summalarda yoziladi. Shuning uchun barcha schyotlarning debet oborotlari summasining jami ularning kredit oborotlari summasining jamiga teng bо‘ladi. Agar oltinchi va yettinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 1. Oborot qaydnomasining oltinchi va yettinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 2. Schyotlarning oy davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozib tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy 301 davomidagi debet va kredit oborotlarini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 3. Buxgalteriya hisobi schyotlarining debet va kredit oborotlarining jami qayta hisoblab kо‘riladi. Agar schyotlarning oborotlarini jamlashda arifmetik xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 4. Xо‘jalik operatsiyalari bо‘yicha tuzilgan provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga teng summalarda yozib chiqish tekshirib kо‘riladi. Agar provodkalarni buxgalteriya hisobi schyotlariga yozib chiqishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. Uchinchi juft tenglik: oborot qaydnomasining sakkizinchi ustun summalarining jami, tо‘qqizinchi ustun summalarining jamiga tengligi. Bu tenglik birinchi va ikkinchi juft tengliklaridan kelib chiqadi. Agar oborot qaydnomasida sakkizinchi hamda tо‘qqizinchi ustun tengliklari buzilsa, unda yо‘l qо‘yilgan xatolik quyidagicha topiladi: 1. Oborot qaydnomasining sakkizinchi hamda tо‘qqizinchi ustun jamlari yana bir bor jamlab chiqiladi. Agar arifmetik qо‘shishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi; 2. Schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozish tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini oborot qaydnomasiga kо‘chirib yozishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. 3. Schyotlarning oy oxiriga qoldig‘i summalari tо‘g‘ri topilganligi qayta tekshirib kо‘riladi. Agar schyotlarning oy oxiriga qoldig‘ini hisoblashda xatolikka yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa, xatolik topiladi. Sintetik hisob schyotlari bо‘yicha oborot qaydnomalarini tuzishdan oldin, ayrim sintetik schyotlar bо‘yicha ochilgan va yuritilgan analitik schyotlar bilan о‘sha sintetik schyot ma’lumotlarining mosligini tekshirib kо‘rish maqsadida sintetik schyotlarga tegishli bо‘lgan analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma tuzib chiqiladi. Analitik schyotlarning oborot qaydnomasi hisobot davrining boshiga qoldiq, hisobot davrida kirim, hisobot davrida chiqim, hisobot davrining oxiriga qoldiq kabi ma’lumotlarni natural va qiymat о‘lchovlarda aks ettiradi. 302 Bunda analitik schyotlar oborot qaydnomasining oy boshiga qoldiq ustunining jami, sintetik schyotning oy boshiga qoldig‘iga, kirim ustunining jami, sintetik schyotning debet oborotiga, chiqim ustunining jami, sintetik schyotning kredit oborotga, oy oxiriga qoldiq ustunining jami, sintetik schyotning oy oxiridagi qoldig‘iga teng bо‘lishi kerak. Shuningdek, korxonada foydalanilayotgan hisobchilik shaklining xususiyatiga qarab, shaxmatsimon oborot qaydnomalaridan ham foydalaniladi. Shaxmatsimon oborot qaydnomalar hisobot davri davomida sodir bо‘lgan xо‘jalik muomalalarini mazmunini, schyotlarning о‘zaro bog‘lanishini, ularning qoldiqlarini va oborotlar yig‘indisini aks ettiradi. Shaxmatsimon oborot qaydnomalaridan buxgalteriya hisobini tashkil qilishda foydalanadigan schyotlar miqdori cheklangan, unchalik katta bо‘lmagan mikrofirmalarda va byudjet korxonalari faoliyalarida foydalaniladi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, oborot qaydnomalari boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalaniladigan joriy hisob umumlashtirish va tekshirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling