Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


- shakl. Xо‘jalik jarayonlarining о‘zaro bog‘lanishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

4- shakl. Xо‘jalik jarayonlarining о‘zaro bog‘lanishi 
 
Ishlab chiqarish jarayoni korxonaning faoliyatida mablag‘lar aylanishidagi 
asosiy bosqich bо‘lib hisoblanadi. Bu yerda qiymatga va iste’mol qiymatiga ega 
bо‘lgan yangi mashulot tayyorlanadi. Yangitdan yaratilgan mashulotning qiymati 
unga sarflangan mehnat vositalarining qiymatidan va xodimlar mehnati bilan 
yaratilgan zaruriy va qо‘shimcha mashulotlar qiymatidan tashkil topadigan 
iste’mol qiymatdan iborat bо‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobini tashkil qilishdan maqsad
birinchidan, shu jarayonda sarflangan mablag‘lar va ishchi kuchini hisobga olish, 
ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mashulotlarni tayyor buyumlar sifatida qayd etish, 
uchinchidan, yangitdan ishlab chiqarilgan mashulotlarni ishlab chiqarish tannarxini 
aniqlash va nihoyat, tо‘rtinchidan, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati 
natijalarini aniqlashdan iborat bо‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xarajatlar natura, mehnat va qiymat 
о‘lchovlarda hisobga olinadi. Xarajatlarni qiymat о‘lchov birligida hisobga olish, 
tayyor bо‘lgan mashulotlarning tannarxi haqida pul ifodalarida (xarajat sarflarini 
solishtirish imkoniyatini beradigan) ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Korxona 
pul mablag‘lari ta’minot va tayyor mashulotlarni sotish bosqichlarida ishtirok etib, 
ta’minot bosqichida, korxona о‘ziga zarur bо‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi, 
sotish bosqichida esa, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mashulotlar 
iste’molchilarga sotilib, korxona moddiy zahiralari pul shakliga aylanadi. 
Ishlab chiqarish 
Ishlab chiqarishzahiralari 
Tayyor mahsulot 
Ta’minot jarayoni 
Sotish jarayoni 
Pul mablag‘lari 


328 
Korxonaning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini hisobga olish 
deganda shu jarayonlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish tushuniladi.  

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling