Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Tovar-moddiy zahiralarni baholash -


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

1. Tovar-moddiy zahiralarni baholash - quyidagi ikkita bahoning eng 
pasti bо‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi 
yoki ishlab chiqarish tannarxi) bо‘yicha yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning 
sof qiymati) bо‘yicha amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi bo’yicha 
baholanadi.Ularning tannarxi barcha sotib olish xarajatlari va tovar-moddiy 
zahiralarni manziliga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog’liq 
bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Ularning sotib olish 
xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yigimlarni, mashulotni 
sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan 
komission to’lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida, masalan, 
qo’shilgan qiymat soligi tarzida qaytadan oladigan korxonalardan tashqari), 
shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan 
bevosita bogliq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Teng bo’lmaydigan 
tovar-moddiy zahiralarni FIFO yoki o’rtacha o’lchanadigan qiymat formulasidan 
(AVECO) usulidan foydalanib baholanadi. FIFO usulining mohiyati qo’ydagicha: 
dastlab sotib olingan, birinchi bo’lib sotiladigan tovar-moddiy zahiralarning birligi, 
binobarin, davr oxirida tovar-moddiy zahiralarda qolgan birliklar oxirida sotib 
olingan va ishlab chiqarilgan birliklardir (6-jadval). 6 - jadval ma’lumotlaridan 
kо‘rinib turibdiki hisobot davri davomida hammasi bо‘lib 60 dona moddiy 
qiymatlik sarf bо‘lgan, shundan 37 ta (12+25) 10 sо‘mdan baholaymiz 370 sо‘m 
bо‘ladi, qolgan 23 tasini (60-37), shundan 15 tasini 9 sо‘mdan baholaymiz bu 135 
sо‘m bо‘ladi, qolgan ( 23-15) 8 donasini 8 sо‘mdan baholaymiz, bu 64 sо‘mni 
tashkil etadi Shunday qilib sotilgan 60 dona mashulot 370+135+64=569 sо‘mga 
teng bо‘ladi. 
O’rtacha o’lchanadigan qiymat (AVECO) usulida har bir birlikning qiymati 
davr boshidagi o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr 
mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymati bilan 
belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi subyektda 
mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha yetkazib berish davomida 
hisoblanishi mumkin. 


330 
6-jadval 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling