Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
TA’MINOTJARAYONININGHISOBI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
4. TA’MINOTJARAYONININGHISOBI.
Ta’minot jarayoni muomalalari ta’minotchi (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, shuningdek korxonani bir me’yorda faoliyat kо‘rsatuishi uchun zarur bо‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni yetkazib beruvchi) korxonalar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birja brokerlari orqali oldindan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda, odatda, xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori, bahosi, sifati, yuklab jо‘natish, qanday transport vositasida yetkazib berish hamda hisoblashish shartlari kо‘rsatilgan bо‘ladi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarining marketing va buxgalteriya bо‘limi xodimlari shartlarning basharilishi ustidan nazorat olib boradilar. Quyidagilar ta’minot jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bо‘lib hisoblanadi: 339 1. Marketing, moliya-reja va boshqa bо‘linmalari bilan hamkorlikda hisobot davri uchun korxonaning barcha faoliyatiga zarur bо‘lgan moddiy qiymatliklar (mehnat qо‘rollari va mehnat buyumlari) miqdorini aniqlash. 2. Marketing bо‘limi xodimlari bilan hamkorlikda moddiy qiymatliklarni xarid qilish uchun ishlab chiqarish korxonalar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birja brokerlari orqali shartnomalarni rasmiylashtirishni tashkillash. 3. Shartnoma shartlarini tо‘g‘rigini nazorat qilish. 4. Shartnomalarni bajarilishi ustidan nazorat о‘rnatish. 5. Xarid qilinayotgan moddiy qiymatliklarning shartnoma baholarini tо‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish. 6. Moddiy qiymatliklarni kelishiga, omborlarga qabul qilib olinishiga, saqlanishiga va foydalanishga ya’ni mashulot ishlab chiqarish maqsadlari uchun berilishiga nazorat о‘rnatish. 7. Moddiy qiymatliklarni saqlash joylaridagi butligini ta’minlash. 8. Moddiy qiymatliklarni zahiralarini me’yorlar doirasida ta’minlanishiga nazorat o’rnatish. 9. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashuvlarni о‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash. 10. Moddiy qiymatliklarning korxona omborlaridan chiqib ketishini о‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirish. 11. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxlarini (baholarini) tо‘g‘ri va о‘z vaqtida aniqlash. 12. Moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olishni о‘z vaqtida о‘tkazish. 13. Moddiy qiymatliklarni omborlardagi hisobini tо‘g‘ri olib borilayotganligini nazorat qilish. 14. Moddiy qiymatliklarning kelishini va chiqib ketishini sintetik hisobini tо‘g‘ri tashkil qilish. Ta’minot jarayonida sodir bо‘ladigan xо‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun xо‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosatida kо‘rsatilgan hisobga olish baholaridan kelib chiqqan holda quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi: 340 1. 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 2. 1500 - “Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar”. 3. 1600 – “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar”. 4. 2900 – “Tovarlar hisobga olinadigan schyotlar”. 5. 6000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlarini joriy qismi”. 6. 7000 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarni tо‘lovga olingan schyotlarini uzoq muddatli qismi”. 7. 5000 – “Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 8. 5100 – “Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. 9. 5200 – “Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar”. Sotib olingan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, tovarlar, shuningdek korxonani bir me’yorda faoliyat kо‘rsatishi uchun zarur bо‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini va boshqa moddiy qiymatliklarni joriy hisobi “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”da haqiqiy tannarxlarida yoki hisob siyosatida nazarda tutilgan boshqa, rejalashtirilgan ulgurji baholarda, sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib olish baholarida aks ettiriladi. Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi, ularni sotib olishning barcha xarajatlarini hamda moddiy qiymatliklarni о‘rnashgan joyiga hamda ishlatish holatiga keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport tashish sarflarini о‘zida aks ettiradi va quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topadi: 1. Xarid qilingan moddiy qiymatliklarning mol yetkazib beruvchilarning hujjatlarida kо‘rsatilgan sotib olish baholari xarajatidan (sotib olish tannarxidan). 2. Tashib keltirish uchun qilingan transport xarajatlaridan. 3. Yuklab – tushirish xarajatlaridan. 4. Saqlash va tayyorlash xarajatlaridan. 341 5. Tashib keltirishdagi tabiiy kamayishlarni me’yorlar doirasida qoplash xarajatlaridan. Agar moddiy qiymatliklarning joriy hisobi rejalashtirilgan ulgurji baholarda yoki korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatida nazarda tutilgan boshqa baholarda (sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib olish baholarida) olib borilsa, ularga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar “Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga olinadigan schyot”da alohida hisobga olib boriladi. Hisobga olish baholaridan foydalanganda moddiy qiymatliklarni korxonaning asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga berganda yoki chetga sotganda, ularga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlarni qо‘shib, haqiqiy tannarxlarda yoki boshqacha qilib aytganda haqiqiy ulgurji baholarda hisobdan chiqariladi. Ularning haqiqiy tannarxini yoki haqiqiy ulgurji baholarini topish uchun hisobot oyi tugagandan keyin asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun foydalanishga bergan yoki chetga sotgan moddiy qiymatliklarga tegishli bо‘lgan materiallarning qiymatidagi farqlar summasi topiladi. Buning uchun, eng avvalo, moddiy qiymatliklarni rejalashtirilgan ulgurji baholariga nisbatan yoki boshqa hisobga olish bahosiga nisbatan materiallarning qiymatidagi farqlarni о‘rtacha foizi topib olinadi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: ∑F 1 Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling